USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Venesuela rahbari bilan saylovlar haqida gaplaşdi

60 марта
Трамп Венесуэла раҳбари билан сайловлар ҳақида гаплашди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp şu hafta Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges bilan saylovlar masalasida suhbatlaşganini malum qildi. Bu haqda Tramp bugun, 26 sentyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.

Qayd etilişiça, undan Rodriges bilan saylovlar haqida gaplaşgani söralganda, “Ha. Men saylovlar haqida gaplaşdim”, deb javob bergan.

Rodriges joriy yil 22 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasi doirasida Tramp bilan qisqa uçraşgan edi. Bu uning AQŞ harbiylari yanvar oyida Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduroni qölga olganidan keyin AQŞga birinçi taşrifi bölgan.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio şu hafta Tramp va Rodriges Venesuelaning milliardlab dollarlik davlat qarzini qayta tuziş masalasini muhokama qilganini aytgan. Rubioning sözlariga köra, Vaşington şuningdek, Venesuelada siyosiy özgarişlar bölişini talab qilgan.

Bundan taşqari, Rodriges 23 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasidagi nutqida Venesuelada “töliq demokratiya”ga ötiş jarayoni doirasida saylovlar ötkazilişini malum qilgan. Biroq u saylovlarning aniq sanasini aytmagan.

“Men buni Boş Assambleyada juda aniq aytib qöymoqçiman: Venesuelada saylovlar böladi” degan Rodriges.

Uning aytişiça, hukumat muxolifat bilan muzokaralarni boşlagan va barça siyosiy kuçlarning saylovlarda iştirok etişini kafolatlaydi. Şuningdek, milliy institutlar saylov jarayoniga tayyorlanayotganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, Tramp joriy yilning 28 avgust kuni AQŞ Venesuelaning 65 mlrd barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralaridan foydalaniş imkoniyatini qölga kiritgani töğrisidagi bitimni elon qilgan edi. Keyinçalik Oq uy bitim tafsilotlarini oçiqladi: Amerikaning “North American Blue Energy Partners” (NABEP) kompaniyasiga 17 ta konni 100 yil muddatga özlaştiriş huquqi berilgan. Bunda AQŞ hukumati NABEP’da 35 foizlik uluşga va uning rahbariyatini şakllantirişda veto huquqiga ega bölgan, rahbariyatning köpçiligini esa AQŞ fuqarolari taşkil etişi kerak. Bundan taşqari, Davlat departamenti kompaniya tomonidan qazib olinadigan neftning 20 foizini tannarxi böyiça sotib olişi mumkin böladi, şuningdek, qolgan hajmni sotib olişda ham imtiyozli huquqqa ega böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: