Kongoda harbiy samolyot qulab tuşdi. Bortdagilarning barçasi halok böldi
Kongo Demokratik Respublikasida harbiy samolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi 13 kişining barçasi halok böldi. Bu haqda keça, 25 sentyabr kuni “Reuters” xabar berdi. https://www.reuters.com/world/africa/congo-military-plane-crash-kills-13-including-three-officers-official-says-2026-09-25/
Qayd etilişiça, samolyot mamlakat janubi-ğarbidagi Kikvit şahridan poytaxt Kinşasaga uçayotgan vaqtida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Şundan söng uçuvçi samolyotni Kongo Demokratik Respublikasining Kvango provintsiyasidagi Kenge şahriga qöndirişga uringan. Biroq şaharda uçiş-qöniş yölagi bölmagani sababli samolyot aholi yaşaş hududiga qulagan.
Kvango provintsiyasi vitse-gubernatori Remi Saki Bokinda malum qilişiça, samolyot bortida Kongo armiyasi Boş inspektori general Likulia Bakumi va boşqa harbiy xizmatçilar hamda tinç aholi vakillari bölgan.
Jami 13 kişi bölgan samolyot bortidagi barça yölovçilar halok bölgan. Bildirilişiça, qurbonlar orasida 3 nafar harbiy ofitser – general, mayor va kapitan ham bor.
“Bortdagi barça odamlar halok bölgan. Ulardan 12 nafari tanib bölmas darajada kuygan, uçuvçining jasadi esa samolyot taşqarisidan topilgan”, degan Bokinda.
Hukumat bayonotiga köra, Kongo aviatsiya hodisalarini tergov qiliş organi halokat sabablarini aniqlaş uçun tekşiruv boşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peruning Naska provintsiyasiga qaraşli Pueblo-Vexo hududida bortida sayyohlar bölgan samolyot halokatga uçragani haqida xabar berilgan edi.