Bangkok “ofat hududi” deb elon qilindi
Tailand poytaxti Bangkokda kuçli yomğir sabab köçalarni belgaça yetadigan suv bosdi. Şahar rasmiylari Bangkokni “ofat hududi” deb elon qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kuçli yomğir joriy yilning 24 sentyabr kuni boşlangan. Tailand markaziy qismida şakllangan past bosimli hudud Bangkok va uning atrofida ikki kun davomida tinmay yomğir yoğişiga sabab bölgan.
Poytaxtning şimoli-şarqida joylaşgan Praçin Buri yaqinidagi meteorologik stantsiyada joriy yilning 25 sentyabridan 26 sentyabr oqşomigaça bölgan 24 soat içida 213,5 millimetr yomğir qayd etilgan. Taqqoslaş uçun, Londonda bir yil davomida örtaça 585 millimetr yoğin yoğadi.
Keça, 27 sentyabr kuni past bosimli hudud şimoli-ğarbga siljiganidan söng Bangkokdagi kuçli yomğirlar töxtagan. Ayni paytda Tinç okeanining markaziy qismida joylaşgan Gavayining Katta oroli “Nolo” dovuli xavfi ostida qolgan.
27 sentyabr kuni tongga yaqin “Nolo” 2-toifali dovulga aylangan. Uning doimiy şamol tezligi soatiga 158-167 kilometrni taşkil etgan. Dovul Gavayi orollariga eng yaqin kelgan paytda Katta oroldan taxminan 233 kilometr janubda bölgan.
Kuçli şamoldan taşqari, köp miqdordagi yoğingarçilik sabab suv toşqini va yer köçkilari xavfi yuzaga kelgan. Dovul tasiri boşlanganidan beri orolning şimoli-şarqidagi meteorologik stantsiyalarda 530 millimetrdan ortiq yomğir qayd etilgan.
“Nolo” hozir Gavayidan uzoqlaşib, ğarbga qarab harakatlanmoqda. Prognozlarga köra, u bugun, 28 sentyabr kuni eng yuqori kuçiga yetib, 4-toifali dovulga aylanişi mumkin.
Tinç okeanining şarqiy qismida esa “Polo” dovuli bugun, 28 sentyabr kuni Quyi Kaliforniya yarim oroliga yetib borişi kutilmoqda.
Şuningdek, “Polo” yarim orol böylab harakatlanişi davomida kuçli yomğir yoğdirişi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yoğingarçilik miqdori 100–200 millimetr, mahalliy joylarda esa 250 millimetrgaça yetişi mumkin. Yoğinning katta qismi 12 soat içida yoğişi kutilayotgani sababli suv toşqini va yer köçkilari xavfi mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston va Nepalda kuçli yomğir sababli yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 70 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Hindistonda 56 kişi vafot etgan bölsa, Nepalda 14 kişi halok bölgan, yana 11 kişi bedarak yöqolgan.