USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ebola nazoratdan çiqib ketdi: qurbonlar 4 mingga yaqinlaşdi

176 марта
Эбола назоратдан чиқиб кетди: қурбонлар 4 мингга яқинлашди

Kongoda Ebola virusini yuqtirganlar soni 8 mingdan oşdi. Kasallik oqibatida 3901 kişi vafot etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, epidemiya tarqalişini töxtatiş esa tibbiyot xodimlari yetişmayotgani, xavfsizlik bilan boğliq muammolar va aholining köçişi sababli qiyinlaşmoqda.

Kongo Demokratik Respublikasi hukumati joriy yilning 15 may kuni kam uçraydigan Bundibugio virusi sabab Ebola epidemiyasi boşlanganini elon qilgan. Hozirça uşbu virusga qarşi malum davolaş usuli yoki vaktsina mavjud emas.

Kongo Soğliqni saqlaş vazirligining joriy yilning 26 sentyabridagi malumotlariga köra, mamlakatning 26 provintsiyasidan 7 tasidagi 63 ta hududda Ebola bilan kasallanişning 8067 ta holati tasdiqlangan. Kasallik oqibatida 3901 kişi vafot etgan. Şu tariqa, ölim darajasi 48 foizdan oşgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) kasallikdan vafot etayotganlar uluşi yuqoriligiça qolayotganini qayd etgan. Taşkilot, ayniqsa, bemorlarning tibbiy yordamga yetib bormasdan turib vafot etayotgani kasallikni öz vaqtida aniqlaş va bemorlarga zarur yordam körsatişda jiddiy muammolar borligini körsatişini bildirgan.

Avvalroq, JSST Kongoda epidemiyani jilovlaş uçun tibbiyot xodimlari yetişmayotganidan ogohlantirgan. Tibbiyot xodimlari maoşlarining keçiktirilişi yoki tölanmayotganidan norozi bölib, bir neça bor iş taşlagan. Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari malumotlariga köra, epidemiya boşlanganidan beri 50 nafar tibbiyot xodimi vafot etgan.

Ayrim hududlarda vaziyat biroz yaxşilangan. Xususan, Ituri va Yuqori-Uele provintsiyalarida sönggi haftalarda yangi tasdiqlangan holatlar kamaygan. Biroq boşqa hududlarda Ebola tarqalişi davom etmoqda va kasallikning geografik qamrovi kengaymoqda.

Africa CDC malumotlariga köra, hozirgi epidemiya tarqaliş surati böyiça 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada yuz bergan Ebola epidemiyasidan özib ketgan. Öşa epidemiyaning 19-haftasiga kelib 3781 ta holat qayd etilgan bölsa, Kongodagi hozirgi epidemiyaning şu davrida 7840 ta holat aniqlangan.

JSST hozirgi epidemiya Ğarbiy Afrikadagi öşa epidemiyadan ham özib ketişi mumkinligini bildirgan. 2014–2016 yillardagi epidemiya oqibatida 11 mingga yaqin odam vafot etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallaniş holatlari 7022 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: