USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şotlandiyalik 78 yoşli geymer buvi Ginnesga kirdi

117 марта
Шотландиялик 78 ёшли геймер буви Гиннесга кирди

Şotlandiyalik 78 yoşli Ket Boui ommabop Fortnite onlayn öyinining dunyodagi eng keksa strimeri sifatida rasman tan olindi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, tarmoqda “grumpygran1948” taxallusi bilan tanilgan şotlandiyalik pensioner Ket Boui muntazam ravişda töğridan töğri efirga çiqadi va Fortnite’dagi özining öyin jarayonlarini translyatsiya qiladi. 

Ayol kompyuter öyinlariga töqqiz yil avval nevarasi sabab qiziqib qolgan. Nevarasi momosining translyatsiyalarini kimdir tomoşa qilişiga şubha bildirganida, u aksini isbotlaşga qaror qilgan. Bugungi kunda 78 yoşli strimerning kanaliga 24 mingdan ortiq kişi obuna bölgan. Ket sevimli öyini qarşisida har kuni bir neça soat vaqt ötkazişini tan oladi. 

“Unga yoşlar hamjamiyati bilan muloqot qiliş va murakkab öyin sinovlarini qabul qiliş juda yoqadi, jarayonning özi esa tetiklikni saqlaşga yordam beradi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilişiça, Ket Bouining tarixi Ginnesning rekordlar kitobining videoöyinlarga bağişlangan yangi soniga kiritiladi. Rekordçi hammani yoşga etibor bermaslikka va yangi sevimli maşğulotlarni jasorat bilan sinab körişga çaqiradi, zero kompyuter öyinlarini öynaşni boşlaş heç qaçon keç emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq 34 yoşli irlandiyalik Eymon Kivni Istanbuldan Irlandiyagaça oyoq kiyimsiz 6 805,83 kilometr yöl bosib, eng uzoq yalangoyoq sayohat böyiça jahon rekordini örnatgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: