Şotlandiya muxlislari mehmonxonasida otişma sodir böldi
AQŞning Massaçusets ştatidagi Sterbrij şahrida Şotlandiya muxlislari joylaşgan mehmonxona yaqinida otişma va yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, politsiyaga mahalliy vaqt bilan soat 00:55 da qönğiroq kelib tuşgan. Guvohlarning aytişiça, SUV rusumli avtomobilni boşqarayotgan ayol mehmonxona devoriga urilganidan söng öq uzgan.Marokaşga qarşi Jahon çempionati uçraşuvini tomoşa qiliş uçun AQŞga kelgan şotlandiyalik muxlis Styuart Makkelvi voqea tafsilotlari bilan örtoqlaşgan.
“Endigina uxlaşga yotgan edim, şu payt maşina signalizatsiyasi ovozini eşitdim. Keyin öq ovozlari keldi. Derazadan qarasam, bir ayol SUV avtomobilini mehmonxona tomon haydab kelib urdi, söng taşqariga sakrab tuşib, Qayerdasiz? Qayerdasiz? deb baqirdi va ketma-ket uç marta öq uzdi”, deydi Makkelvi.
Uning sözlariga köra, şundan keyin oyna singani va kimdir eşikni buzişga uringaniga öxşaş tovuşlar eşitilgan. Şu bois u darhol politsiyaga murojaat qilgan.
Takidlanişiça, politsiya xodimlari hamda uçta tez yordam avtomobili voqea joyiga bir neça daqiqa içida yetib kelgan. U hodisani aniq bir şaxs yoki guruhga qaratilgan hujumga öxşatgan.
Ayni paytda Sterbrij politsiyasi ştat politsiyasi bilan hamkorlikda tergov işlarini olib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hozirça hodisa yuzasidan qöşimça malumot bermagan, ammo jamoatçilik uçun heç qanday xavf mavjud emasligini bildirgan.