USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uzoq vaqt telefonda “ötiradigan” bolalarda qanday muammolar paydo bölişi aytildi

162 марта
Узоқ вақт телефонда “ўтирадиган” болаларда қандай муаммолар пайдо бўлиши айтилди

Ekran qarşisida köproq vaqt ötkazadigan bolalar öqişda, nutq rivojlanişida va emotsional holatda muammolarga tez-tez duç keladi. Kalgari universiteti olimlari 64 ta mamlakatdan 2,8 milliondan ortiq bolalar haqidagi malumotlarni tahlil qilib, şunday xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari JAMA Pediatrics jurnalida çop etilgan.

Tatqiqotçilar “soyabon şarh” deb ataluvçi tahlilni ötkazgan – ekran vaqtining bolalar rivojlanişiga tasiri haqidagi avvalgi yirik ilmiy şarhlar natijalarini umumlaştirgan. Bunda smartfonlar, televizorlar va boşqa qurilmalardan foydalaniş, şu jumladan öyinlar, ijtimoiy tarmoqlar, video tomoşa qiliş va muloqot qiliş hisobga olingan.

Ekran qarşisida ötkazilgan köproq vaqt umumiy özlaştirişning pastroq körsatkiçi bilan boğliq bölib çiqqan. Şu bilan birga, matematika, öqiş va tabiiy fanlar böyiça alohida körsatkiçlar gadjetlardan foydalaniş davomiyligi bilan aniq boğliqlikni körsatmagan. Mualliflarning bildirişiça, uşbu yönalişlar kamroq örganilgan, şu sababli bir manoli xulosalar çiqariş uçun hozirça malumotlar yetarli emas.

Bundan taşqari, uzoq vaqt ekran qarşisida böliş nutq rivojlanişining pastroq körsatkiçlari bilan boğliq bölib çiqqan. Bolalarda, şuningdek, emotsional va ijtimoiy muammolar, jumladan tengdoşlari bilan muloqot qilişdagi qiyinçiliklar tez-tez kuzatilgan.

Tadqiqotçilar “internalizatsiya xulq-atvori” deb ataluvçi holat – bola asosan öz içida boşdan keçiradigan xavotir va depressiya simptomlari bilan ham boğliqlikni aniqlagan. Bir vaqtning özida “eksternalizatsiya xulq-atvori”, masalan, agressiya va diqqat vaqtining yetişmasligi va giperaktivlik sindromi simptomlari ham köproq uçragan.

Mualliflarning qayd etişiça, aniqlangan boğliqliklar miqyosiga köra bolalar rivojlanişiga tasir qiluvçi boşqa bazi malum omillarga, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlar, ota-onalarning xulq-atvori va vaqtidan ilgari tuğiliş holatlariga mos keladi.

Şu bilan birga, mutaxassislar natijalarni aynan gadjetlar emotsional, intellektual yoki xulq-atvor muammolariga sabab böladi degan isbot sifatida talqin qilmaslikka çaqirgan. Tadqiqot kuzatuv işlari malumotlarini umumlaştiradi, şu sababli u sabab-oqibat boğlanişini örnatişga imkon bermaydi. Bundan taşqari, olimlar hozirça ekran faolligining qaysi turlari eng katta tasir körsatişini aniq belgilay olmaydi.

Tadqiqotçilarning fikriça, ekran vaqti potentsial ravişda özgartiriş mumkin bölgan omillardan biri bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: