USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olimlar qoğoz kitob öqişning kutilmagan foydasini aniqladi

202 марта
Олимлар қоғоз китоб ўқишнинг кутилмаган фойдасини аниқлади

Qoğoz kitoblarni öqiş miyaga syujet detallarini ekrandan öqişga qaraganda yaxşiroq boğlaş va eslab qolişga yordam beradi. Yapon olimlari qoğoz formatining ilgari nomalum bölgan kognitiv afzalliklarini aniqlab, şunday xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida elon qilindi.

Tokio universiteti tadqiqotçilari öqiş formati miya faoliyatiga qanday tasir qilişini örgangan. Eksperimentda 25 nafar talaba iştirok etgan. Ular manganing (yapon komiksi) bir qismini qoğoz kitobda yoki planşetda öqigan. Keyin iştirokçilar MRT skanerlaş jarayonidan ötayotgan vaqtda hikoyaning ikkinçi qismi bilan tanişib çiqqan va syujet böyiça savollarga javob bergan.

Javoblarning aniqligi har ikkala guruhda ham bir xil bölib çiqqan. Biroq birinçi qismni planşetda öqigan iştirokçilarga hikoyaning turli qismlaridagi malumotlarni birlaştiriş talab etiladigan savollarga javob beriş uçun köproq vaqt kerak bölgan.

Miyani skanerlaş natijalari şuni körsatdiki, hikoyaning ikkinçi qismini öqiş paytida qoğoz kitob ixlosmandlarida tilni qayta işlaş va izçil hikoya tuziş uçun masul bölgan miya sohalari kamroq faollik körsatgan. Bu esa miyaga yangi malumotlarni tuşuniş va integratsiya qiliş uçun kamroq kuç talab qilinganidan dalolat beradi.

Iş mualliflarining fikriga köra, buning sababi qoğoz kitobning jismoniy xususiyatlaridadir. Sahifalarning qalinligi, matnning qatiy joylaşuvi va öqiş jarayonini his qiliş imkoniyati miya uçun syujetning öziga xos “fazoviy xaritasi”ni yaratadi. Uşbu sensor möljallari voqealarni va ular örtasidagi boğliqlikni yaxşiroq eslab qolişga yordam beradi.

Planşet öquvçilarida bunday işoralar yöq, şuning uçun miya hikoya tuzilmasini tiklaş va xotiradan kerakli malumotlarni qidiriş uçun qöşimça sohalarni faolroq işga solişga majbur böladi.

Mualliflarning aytişiça, raqamli öqiş matnni tuşunişni yomonlaştirmaydi – planşet foydalanuvçilari topşiriqlarni boşqalardan kam bölmagan tarzda bajargan. Biroq xuddi şu natijaga erişiş uçun ularga köproq vaqt va kognitiv resurslar kerak bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: