Yolğizlik umrni 6 yilga qisqartirişi mumkin – tadqiqot
Yolğizlik va ijtimoiy izolyatsiya insonning oğir jismoniy hamda ruhiy xastaliklarsiz yaşaydigan yillari sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu haqdagi tadqiqot “SciTeçDaily”da elon qilindi.
Qayd etilişiça, Tyuleyn universiteti olimlari 40 yoşdan 69 yoşgaça bölgan deyarli 280 ming kişining malumotlarini tahlil qilib çiqqan. Tadqiqotçilar ijtimoiy aloqalarning yöqligi diabet, yurak xastaliklari, saraton, depressiya va taşvişlaniş buzilişlari rivojlanişiga qanday tasir qilişini baholagan. Natijalar şuni körsatdiki, izolyatsiya va yolğizlik hissidan aziyat çekayotgan odamlar tölaqonli hayot keçiradigan yillarini yöqotadi.
Tadqiqotga köra, eng sezilarli zarba ruhiy salomatlikka töğri keladi. Yolğizlikni boşdan keçirayotgan erkaklar ruhiy buzilişlarsiz ijtimoiy faol tengdoşlariga qaraganda deyarli 6 yil kamroq yaşaydi. Ayollarda bu körsatkiç pastroq – 4 yil atrofida.
Şu bilan birga, oddiy ijtimoiy izolyatsiya örnini töldiriş mumkin: töğri ovqatlaniş, sport va soğlom uyqu uning salbiy tasirini qisman yumşatadi. Biroq çuqur yolğizlik tuyğusi soğlom turmuş tarziga deyarli boğliq emas. Iş mualliflari yolğiz böliş va yolğizlikni his qiliş örtasidagi muhim farqni takidlagan. Inson hamkasblari yoki qarindoşlari bilan muntazam muloqot qilişi, lekin baribir surunkali stressni keltirib çiqaradigan emotsional uzilişni his qilişi mumkin. Mutaxassislar jismoniy maşqlar va diyetaga qançalik etibor qaratilsa, munosabatlar sifatiga ham şunçalik etibor berişni tavsiya qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar işqiy munosabatlardagi buriliş nuqtalarini aniqlaş uçun aniq matematik modellarni qöllagani haqida xabar berilgan edi.