Olimlar tartibsiz ovqatlanişning kutilmagan xavfidan ogohlantirdi
27-05-2026, 10:16
171 марта

Olimlar tartibsiz ovqatlanişning kutilmagan xavfidan ogohlantirdi
Seuldagi Muqaddas Mariya universiteti şifoxonasi olimlari asosiy ovqatlaniş vaqtini tez-tez ötkazib yuboradigan odamlarda depressiya belgilari köproq kuzatilişini aniqladi. Şu bilan birga, xilma-xil ratsion (taomnoma) bu boğliqlikni qisman zaiflaştirişi mumkin. Uşbu tadqiqot işi “Journal of Affective Disorders” (JAD) jurnalida elon qilindi.Tadqiqotçilar 2014–2022 yillarda Koreya milliy salomatlik va ovqatlanişni örganiş tadqiqoti doirasida töplangan 21 568 nafar voyaga yetgan iştirokçilarning malumotlarini tahlil qilgan. Olimlar odamlarning qançalik tez-tez nonuşta, tuşlik va keçki ovqatni tanovul qilişini, şuningdek, ularning ratsioni xilma-xilligini va depressiya belgilarining namoyon böliş darajasini baholagan.
Agar inson asosiy ovqatlaniş vaqtidan birini haftasiga beş martadan kamroq bajarsa, bunday ovqatlaniş tartibsiz deb hisoblanadi. Bundan taşqari, tadqiqotçilar ovqatlanişning xilma-xillik körsatkiçini ham hisoblab çiqqan: bunda oltita guruhga mansub mahsulotlar – donli mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar, göşt, dukkaklilar va yonğoqlar, şuningdek, sut mahsulotlarining istemol qilinişi hisobga olingan.
Aniqlanişiça, ovqatlaniş tartibi eng köp buzilgan odamlarda muntazam ovqatlanadiganlarga qaraganda depressiya belgilari paydo böliş ehtimoli 1,55 baravar yuqori bölgan. Ovqatlaniş jadvali qançalik tartibsiz bölsa, kayfiyat yomonlaşişi xavfi şunçalik yuqori bölib çiqqan.
Bu boğliqlik ayniqsa bir xil ratsionga ega odamlarda yaqqol namoyon bölgan. Buning aksi ölaroq, xilma-xil ovqatlaniş taomni ötkazib yuborişning salbiy tasirini qisman yumşatgan. Mualliflarning fikriça, bu organizmga vitaminlar va yalliğlanişga qarşi moddalarning köproq kirişi hamda içakning soğlom mikroflorasi saqlanişi bilan boğliq bölişi mumkin.
Tadqiqotçilar nonuşta masalasini alohida ajratib körsatgan. Ertalabki taomni muntazam ravişda ötkazib yuboradigan odamlarda tartibsiz ovqatlaniş va depressiya simptomlari örtasidagi aloqa yanada kuçaygan. Ruhiy holatning eng yomon körsatkiçlari bir vaqtning özida ham nonuştani ötkazib yuboradigan, ham bir xil ratsionga ega bölgan iştirokçilarda kuzatilgan.
Maqola mualliflarining bildirişiça, nonuşta tungi oçlik davridan keyin organizmdagi moddalar almaşinuvi (metabolizm) jarayonlarini işga tuşiradi. Uni ötkazib yuboriş qondagi şakar miqdorining tebranişiga olib kelişi va his-tuyğular hamda kognitiv funktsiyalarga tasir qiluvçi ertalabki gormonal ritmlarni buzişi mumkin.
Şu bilan birga, uşbu tadqiqot sabab-oqibat aloqasini töliq isbotlamaydi. Buning teskari bayonoti ham mavjud bölişi mumkin: depressiyaga çalingan odamlar köpinça iştahasini yöqotadi, ularda motivatsiya pasayadi va şu sababli ovqatlaniş vaqtlarini tez-tez ötkazib yuboradi. Bundan taşqari, mualliflar kayfiyatga tasir qiluvçi uyqu sifati va stress darajasini hisobga olmagan.
Şunga qaramay, tadqiqotçilar nafaqat ovqatning tarkibi, balki ovqatlaniş rejimi ham ruhiy salomatlikni saqlaşda muhim rol öynaşi mumkin deb hisoblaydi.