USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Kiyevni bombaladi. Qurbonlar bor

125 марта
Россия Киевни бомбалади. Қурбонлар бор

Rossiya qöşinlari bugun, 30 sentyabrga ötar keçasi Kiyevdagi “De Novo” malumotlarni qayta işlaş markaziga zarba berdi. Şaharga uyuştirilgan raketa va dronlar hujumi oqibatida 2 kişi halok böldi, 5 kişi jarohatlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi va Kiyev meri Vitaliy Kliçko malumotlariga tayanib, “Ukrinform” xabar berdi.

Qayd etilişiça, “De Novo” markazi internet-trafik almaşinuvining asosiy nuqtalaridan biri bölib, Ukraina Qurolli kuçlari manfaatlari yölida axborotni qayta işlaş, saqlaş va uzatişda foydalanilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi hujum qilingan boşqa obektlar haqida ham malumot bergan. Jumladan, Kiyev viloyatidagi Nalivaykovka qişloğida harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini elektr energiyasi bilan taminlovçi podstantsiyaga zarba berilgan.

Şuningdek, Vişgoroddagi gidroelektr stantsiyasi va Tripolskadagi issiqlik elektr stantsiyasi ham nişonga olingan. Ular viloyatning şimoliy va janubiy qismlaridagi harbiy sanoat obektlarini energiya bilan taminlagani aytilgan.

Goreniçi qişloğidagi energiya saqlaş akkumulyatorlari majmuasi ham hujum qilingan obektlar qatorida qayd etilgan. Mazkur obekt mudofaa sanoati obektlarining uzluksiz işlaşini taminlagani bildirilgan.

Odessa viloyatida esa Izmail portidagi işlab çiqariş-sanoat majmuasiga zarba berilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, u yerda Ukraina Qurolli kuçlari uçun qurol-yaroğ va yoqilği saqlangan.

Bundan taşqari, Odessa portiga harbiy mol-mulk va ikki maqsadda foydalaniladigan yuklarni yetkazib bergan kemaga ham zarba berilgani bildirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilişiça, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuçlari NATO mutaxassislari bilan birgalikda foydalanayotgan qaror qabul qiliş markazlari, korxonalar va omborlarga zarba bermoqda. Bunda zarbdor dronlar va uzoq masofaga möljallangan yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanilayotgani qayd etilgan.

Kiyevdagi hujum oqibatida şaharning tört tumanida yonğin çiqqan va turli obektlarga zarar yetgan. Jarohatlanganlarning 2 nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya droni Kiyev markazidagi Ukraina Milliy fanlar akademiyasi binosiga borib urilgandi. Zarba oqibatida 2 kişi halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: