“Dubay–Tel-Aviv” reysi: uçuvçilar janjali sabab samolyot Saudiyaga qöndi
Avvalroq, Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan Flydubai yölovçi samolyoti favqulodda olib qoçiş signalini yuborib, Saudiya Arabistoni hududi tomon burilgani haqida xabar berilgan edi. Malumotlarga köra, hodisaga uçuvçilar örtasidagi janjal sabab bölgan va samolyot Saudiya Arabistonining Tabuk aeroportiga yönaltirilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, FZ1073 reysi parvoz vaqtida dastlab umumiy favqulodda holatni bildiruvçi signalni uzatgan. Oradan bir neça daqiqa ötib, noqonuniy aralaşuv ehtimolini körsatuvçi ikkinçi signal ham yuborilgan.
“Flightradar24” malumotlariga köra, Boeing 737 samolyoti Iordaniya havo hududi orqali Saudiya Arabistoniga uçgan va Tabuk aeroportiga qönişidan oldin yana favqulodda signal uzatgan.
Isroil rasmiysi “Reuters”ga uçuvçilar özaro janjallaşganidan söng favqulodda signallar yuborilganini malum qilgan. Biroq signalni uçuvçilardan qaysi biri ataylab yuborgani hozirça nomalum.
Flydubai vakili ham samolyot Tel-Avivga uçayotgan vaqtida hodisaga duç kelganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, samolyot Tabuk aeroportiga xavfsiz qöngan va bortdagi barça yölovçilar soğ-salomat.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ham voqea yuzasidan maslahatlaşuvlar ötkazgan. Uning devoni hodisa nazorat ostida ekanini bildirgan va Saudiya Arabistonidagi isroillik yölovçilarni mamlakatga qaytariş uçun barça çoralar körilayotganini malum qilgan.
“Reuters” suhbatlaşgan yölovçilardan birining aytişiça, uning qizi samolyot bortida baland ovozlarni eşitganini, erkaklardan biri piçoq kötargani va uçuvçilardan birini yiqitganini aytgan. Uşbu tafsilotlar hozirça mustaqil ravişda tasdiqlanmagan.