Sportzal, golf va yotoq: qamoqxonani koşonaga aylantirgan mulozimlar işdan olindi
Indoneziyada mahbuslar uçun konditsioner, katta ekranli televizor va boşqa qulayliklarga ega haşamatli xonalar taşkil etilgani aniqlanib, qamoqxonaning beş nafar rahbar xodimi lavozimidan çetlatildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat Indoneziya poytaxti Jakarta yaqinidagi Bogor şahrida joylaşgan “Cibinong” qamoqxonasida aniqlangan. Mamlakat Ombudsmani vakillari joriy yilning 23 sentyabr kuni ötkazilgan kutilmagan tekşiruv davomida oddiy kameralardan alohida joylaşgan 10 dan ortiq turarjoyni topgan.
Ombudsman vakili Syafrida Raçmavati Rasaxanning aytişiça, ayrim mahbuslar boşqa mahbuslarda mavjud bölmagan maxsus şaroitlardan foydalangan. Tekşiruv vaqtida turarjoy majmuasida mahbuslar bölgani, xonalarda divanlar va ovqatlaniş joylari taşkil etilgani aniqlangan. Şuningdek, majmuada sport zali va golf simulyatori qurilayotgani malum bölgan.
Indoneziya Immigratsiya va jazoni ijro etiş vazirligi boş inspektori Rudi Setiavanning bildirişiça, holat yuzasidan önlab mahbuslar va qamoqxona xodimlari söroq qilingan. Tekşiruv doirasida beş nafar rahbar, jumladan, “Cibinong” qamoqxonasi boşliği ham lavozimidan çetlatilgan.
Malumotlarga köra, 4 gektar maydonni egallagan qamoqxonada korruptsiya va boşqa şov-şuvli jinoyatlar uçun hukm qilingan şaxslar ham saqlanadi. Haşamatli xonalardan aynan qaysi mahbuslar foydalangani hozirça rasman oşkor etilmagan.
Tekşiruvçilar mazkur binolar dastlab qamoqxona xodimlari uçun xizmat turar joyi sifatida möljallanganini bildirgan. Hozirda ular mahbuslar uçun ruxsatsiz turarjoyga aylantirilganmi yoki yöqmi, şuningdek, imtiyozlar evaziga qamoqxona xodimlariga pul berilganmi, degan masalalar örganilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Texas ştatidagi qamoqxonalarda jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan oğir şaroitlar ortidan federal sudya barça qamoqxonalarga 2029 yil oxirigaça konditsioner örnatişni buyurgani haqida xabar berilgan edi.