Rossiyadagi özbekistonlik mahbuslar jazoni öz mamlakatida ötaşni söradi
26-05-2026, 15:54
206 марта

Rossiyadagi özbekistonlik mahbuslar jazoni öz mamlakatida ötaşni söradi
Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Saxalin viloyatiga taşrif buyurib, 1-sonli jazoni ijro etiş muassasasida saqlanayotgan özbekistonliklar bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Malumotlarga köra, hozirda mazkur muassasada 11 nafar Özbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jazo ötamoqda.
Taşrif davomida diplomatlar mahkumlar uçun yaratilgan şaroitlar, jumladan turar joylar, umumiy ovqatlaniş va dam oliş xonalari bilan tanişdi. Şuningdek, ular bilan muloqot ötkazilgan.
Ular bilan suhbat davomida mahkumlar muasassadagi şaroitlardan qoniqiş bildirgani, biroq yaqinlarini soğingani sababli jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaş istagini bildirgan. Ular sud tomonidan belgilangan muddatning qolgan qismini mamlakatdagi jazoni ijro etiş muassasalariga köçiriş böyiça amaliy yordam söragan.
Diplomatlar esa Rossiya va Özbekiston örtasida mahkumlarni özaro topşiriş böyiça alohida şartnoma mavjud emasligi sababli, hozirça bunday imkoniyat yöqligini malum qilgan.
Şu bilan birga, suhbat davomida mahkumlarning holati örganilib, ularga nisbatan majburiy mehnat, qiynoq yoki bosim holatlari mavjud yoki yöqligi ham muhokama qilingan. Özbekistonliklar bunday holatlar kuzatilmaganini bildirgan.
Şuningdek, ular Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan vaqti-vaqti bilan harbiy xizmatga jalb etiş böyiça takliflar berilayotgani haqida ham malumot bergan, biroq bunday jarayonlarda iştirok etişga majburlaş holatlari yöqligini aytgan.