USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Yadro qurolini qöllaşga tayyor”. Ryutte Rossiyadan ogohlantiriş olganini aytdi

229 марта
“Ядро қуролини қўллашга тайёр”. Рютте Россиядан огоҳлантириш олганини айтди

NATO Boş kotibi Mark Ryutte alyans Kaliningradni qamalga olişga uriniş sodir bölgan taqdirda Rossiyadan yadro qurolini qöllaş haqida ogohlantiriş olganini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 sentyabr kuni Bryusseldagi harbiy-kosmik konferentsiyada söz oçdi. 

Mark Ryutte NATO Kaliningradni havo yoki dengiz orqali qamal qilişga uringan taqdirda, Rossiya özining butun arsenalini, jumladan, yadro qurolini işga solişi haqidagi ogohlantirişni olganini malum qilgan. 

“Men mazmunini oşkor qilolmayman, lekin ha, biz bu xatni oldik va bu taxminan ular ommaviy axborot vositalariga xabar qilgan narsa”, deydi Ryutte.

Malumot uçun, bugun, 30 sentyabr kuni Rossiyaning Irlandiyadagi elçixonasi davlat NATO mamlakatlariga nisbatan qaysi holatda yadro qurolini qöllaşga tayyor ekanini oşkor qilgan. Elçixona Şimoliy Atlantika alyansi Kaliningrad viloyatini havo hamda dengiz orqali qamal qilişga tayyorgarlik körayotgani haqidagi malumotga havola keltirgan.

“Heç qanday adaşişlar bölmasligi kerak: agar NATO mamlakatlari Kaliningrad viloyatini mamlakatning qolgan qismidan yakkalab qöyişga urinsa, Rossiya öz hududini himoya qiliş uçun butun arsenalini, jumladan, yadro qurolini qöllaşga tayyor böladi”, deyiladi elçixona bayonotida.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO mamlakatlari Rossiya tahdidi sababli aholini evakuatsiya qiliş rejasini tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: