USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya biqinidagi davlat yadro qurolini joylaştirişga tayyorligini elon qildi

224 марта
Россия биқинидаги давлат ядро қуролини жойлаштиришга тайёрлигини эълон қилди

Agar NATO jamoaviy qaror qabul qilsa va şunday zarurat tuğilsa, Latviyada yadro qurolini joylaştiriş mumkin. Bu haqda keça, 30 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti Edgars Rinkeviçs Boş vazir Andris Kulbergs (“Birlaşgan röyxat”) bilan uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

Litva Seymi şu oyda mamlakat hududida yadro qurolini joylaştirişga konstitutsiyada belgilangan taqiqni bekor qilişni birinçi öqişda qöllab-quvvatladi. Hozirda Latviyaga qöşni mamlakat Konstitutsiyasining 137-moddasida Litva hududida ommaviy qirğin qurollari yoki xorijiy harbiy bazalar joylaşişi mumkin emasligi nazarda tutilgan.

Rinkeviçs Latviya Satversmesida (Konstitutsiyasida) bunday taqiq yöqligini bildirgan. 

“Qonunlarimizda Latviyada yadro qurolini joylaştiriş uçun heç qanday huquqiy tösiqlar yöq”, deydi Prezident.

Riga qasri egasi 2003 yilda – Latviya NATOga azo bölişga tayyorgarlik körayotgan paytda har bir azo mamlakat NATOning jamoaviy xavfsizlik töliq mexanizmini amalga oşiriş uçun, jumladan, yadroviy tiyib turiş tizimida iştirok etişda heç qanday çeklovlarga ega bölmasligini kafolatlaganini aytgan. 

“Agar şunday zarurat tuğilsa va NATO şunday jamoaviy qaror qabul qilsa, Latviyada yadro quroli joylaştiriladi”, deydi Rinkeviçs.

Şu bilan birga, u hozirda Latviyada yadro qurolini joylaştiriş böyiça heç qanday aniq muzokaralar olib borilmayotganini malum qilgan.

Buyuk Britaniyaning Birlaşgan ekspeditsiya kuçlari (JEF) tarkibiga kiruvçi mamlakatlar – Boltiqböyi mamlakatlari, Şimoliy Yevropa va Niderlandiya uçun yadroviy himoya taklifiga izoh berar ekan, Rinkeviçs yadro quroli himoyasisiz Yevropada allaqaçon bir neçta konventsional uruşlar avj olgan bölişini qayd etgan. 

“Yadro qurolini qöllaş – eng oxirgi çora hisoblanadi, ammo u agressorni kutilmagan yoki keng kölamli harakatlardan uşlab turadi”, deb hisoblaydi Rinkeviçs.

Siyosatçi Buyuk Britaniya allaqaçon NATOning yadroviy tiyib turiş tizimining bir qismi ekanini, Latviya esa hozirdanoq AQŞ va Buyuk Britaniya tomonidan taminlanadigan NATOning yadro kalqoni ostida ekanini körsatib ötgan. Şu bilan birga, Latviya JEF iştirokçisi sifatida har qanday qöşimça xavfsizlik çoralari va elementlarini ijobiy baholaydi. 

“Biz bu hamon NATO umumiy siyosatining bir qismi ekanini tuşunamiz”, deydi Prezident.

Uşbu bayonot Yevropaning yadroviy tiyib turiş böyiça taşabbuslari faollaşişi bilan bir vaqtda yangradi. Jumladan, 23 sentyabr kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Latviyaning Frantsiyaning “Forward Nuclear Deterrence Initiative” taşabbusiga qöşilişi böyiça muzokaralarni boşlaşga rozi böldi. Parij, şuningdek, mamlakatdagi harbiy iştirokini, xususan, havo hujumidan mudofaa (HHM) sohasida kuçaytirişga tayyorligini bildirdi. Makron uşbu taşabbusni mart oyida taqdim etgan edi. U ittifoqçi mamlakatlarda yadro qurolini taşişga qodir bölgan Frantsiyaning Rafale qiruvçi samolyotlarini vaqtinçalik joylaştiriş, ularning harbiy bazalari va havo hududidan foydalaniş imkoniyatini nazarda tutadi.

Frantsiya taşabbusiga avvalroq Norvegiya, Şvetsiya, Daniya va Finlyandiya qöşilgan. Estoniya va Litva ham iştirok etişni muhokama qilmoqda. Iyun oyida Finlyandiya parlamenti milliy mudofaa ehtiyojlari uçun yadro qurolini olib kiriş, tranzit qiliş va saqlaşga qöyilgan taqiqni bekor qildi. Litva ham sentyabr oyida yadro qurolini joylaştirişga qöyilgan qonunçilik çeklovlarini bekor qilişni boşladi. Seym tegişli tuzatişni birinçi öqişda qöllab-quvvatladi.

Şu bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya Finlyandiya va Şimoliy Yevropaning boşqa mamlakatlariga yadroviy tiyib turişning qöşimça mexanizmini taklif qildi. Bunday “yadro soyaboni”ning asosini Britan atom suvosti kemalari taşkil etişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Boş kotibi Mark Ryutte alyans Kaliningradni qamalga olişga uriniş sodir bölgan taqdirda Rossiyadan yadro qurolini qöllaş haqida ogohlantiriş olganini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: