USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyada 60 yildan söng yölovçi samolyoti işlab çiqariş tiklandi

77 марта
Германияда 60 йилдан сўнг йўловчи самолёти ишлаб чиқариш тикланди

Germaniya 60 yildan ortiq tanaffusdan söng yölovçi samolyoti işlab çiqarişni qayta yölga qöymoqda. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Deutsçe Aircraft kompaniyasi joriy yilning 29 sentyabr kuni Leyptsig/Galle aeroportida D328eco mintaqaviy turbovintli samolyotining yakuniy yiğiş liniyasi uçun möljallangan yangi işlab çiqariş binosini oçgan.

Işlab çiqariş binosining maydoni 60,5 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bu qariyb sakkizta futbol maydoniga teng. Korxona töliq quvvatda işlaganida yiliga 48 tagaça samolyot işlab çiqarişi mumkin.

Deutsçe Aircraft boş direktori Niko Noymanning aytişiça, loyiha Germaniya aviatsiya sanoatining ildizlariga qaytişini anglatadi. Uning sözlariga köra, 60 yildan ortiq vaqt içida ilk bor samolyotning butun hayotiy tsikli Germaniyadagi yagona dastur doirasida birlaştiriladi.

D328eco mutlaqo yangi samolyot emas. U 1991 yilning dekabrida ilk parvozini amalga oşirgan Dornier 328 samolyotining takomillaştirilgan versiyasi hisoblanadi. Mazkur modelning işlab çiqarilişi Fairçild Dornier kompaniyasi bankrot bölganidan söng 2002 yilda töxtatilgan.

Deutsçe Aircraft yangi versiyada samolyot fyuzelyajini qariyb ikki metrga uzaytirib, 23,3 metrga yetkazgan. Yölovçi siğimi esa 40 nafargaça oşirilgan. Bu dastlabki modelga nisbatan qariyb 20 foiz köp.

Samolyot avvalgi dvigatellar örniga har biri 2 750 ot kuçiga ega PW127XT-S turbovintli dvigatellar bilan jihozlanadi. Ekipaj kabinasi va bort avionikasi ham töliq yangilangan.

D328ecöning ilk parvoz nusxasi 2025 yil may oyida Oberpfaffenxofendagi yiğuv tsexidan çiqarilgan. Öşa vaqtda kompaniya samolyot turiga sertifikat oliş va uni 2027 yilning törtinçi çoragida tijoriy foydalanişga topşirişni rejalaştirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: