"Özbekneftgaz joriy yil sentyabrdan AI-80 işlab çiqarişni töliq töxtatmoqçi"
20-07-2025, 19:52
217 марта
"Özbekneftgaz joriy yil sentyabrdan AI-80 işlab çiqarişni töliq töxtatmoqçi"Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga köra, «Özbekneftgaz» joriy yil sentyabrdan AI-80 işlab çiqarişni töliq töxtatmoqçi. Kompaniya joriy yilning özida AI-80 rusumli avtobenzin tizim korxonalari omborlarida töliq tugatilişini, 2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzin sotişga ötilişini reja qilgan.
«Özbekneftgaz» 2024 yil yanvar oyida Xitoy xalq respublikasi bilan 60 foiz va 40 foiz hajmda yuqori oktanli yiliga 1 mln tonna AI-92 va AI-95 benzinlari işlab çiqariş borasida loyihani amalga oşirişga kelişgan.
Malum qilinişiça, uşbu loyiha doirasida Buxoro NQIZda qöşilma (prisadka) yordamida yuqori oktanli AI-92 prisadkali avtobenzin işlab çiqarişni özlaştiriş böyiça işlar olib borilgan, tajribalar ötkazilib prisadka turi aniqlangan, benzinning tajriba-sinov partiyasi işlab çiqarilgan, prisadka saqlaş va aralaştiriş uçun siğimlar infrastrukturasi yaratilib, prisadkali AI-92 benzinini seriyali işlab çiqariş yölga qöyilgan. Kompaniya prisadka hisobiga tannarxni arzonlaştirmoqçi, biroq narx borasida aniq hisob-kitoblar keltirilmagan.
2025 yilda “Buxoro NQIZ” MÇJ tomonidan jami 1 030 ming tonna jumladan 487 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzin va 543 ming tonna AI-92+ rusumli avtobenzin işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Bunda, AI-80 rusumidagi avtobenzinni işlab çiqariş sentyabr oyiga qadar közda tutilgan bölib, sentyabr oyidan boşlab faqat AI-92+ rusumidagi avtobenzin (oyiga örtaça 90 ming tonnadan) işlab çiqariladi. Natijada, joriy yilning özida AI-80 rusumli avtobenzin tizim korxonalari omborlarida töliq tugatiladi va 2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzin sotişga ötiladi.