Rubio Eron delegatsiyasini AQŞdan haydab çiqardi – “Axios”
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolganidan söng BMT Boş Assambleyasi uçun Nyu-Yorkka borgan Eron delegatsiyasini mamlakatdan haydab çiqardi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Axios” xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 28 sentyabr kuni Marko Rubio BMT Boş Assambleyasiga Nyu-Yorkka borgan Eron delegatsiyasidan mamlakatni zudlik bilan tark etişni talab qilgan. Bunga ikki mamlakat örtasidagi muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgani sabab bölgan. Rubio tomonidan taşlangan uşbu qadam öta favqulodda diplomatik etiroz, deb hisoblanmoqda.
Qatarlik vositaçilar AQŞ va Eron örtasida diplomatik tub burilişga erişişga harakat qilgan, ammo heç bir tomon yon berişni xohlamagani sababli faqat arzimas ilgarilaşga erişgan, xolos. Nyu-Yorkni tark etiş buyurilganlar orasida Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ham bölgan.
“Duşanba kuni ertalab Oq uy kun davomida Eron bilan muzokaralarda ilgarilaşga erişilişi mumkin deb hisoblagan edi. Ammo kun oxiriga kelib muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgani ayon böldi.
Rubio buyruğiga köra, duşanba kuni keçqurun AQŞning BMTdagi missiyasi Eron missiyasiga Aroqçi delegatsiyasi Nyu-Yorkni zudlik bilan tark etişi kerakligini malum qildi”, deydi manba.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQŞ va Isroilning tajovuzi mamlakatni yanada kuçaytirganini, mamlakat bugun ayrimlar tomonidan dunyoning törtinçi superkuçi sifatida körilayotganini aytgan edi.