AQŞda ruhoniylar mingga yaqin bolani zörlagani malum böldi
AQŞning Massaçusets ştatidagi uçta katolik yeparxiyasida 275 nafar ruhoniy 944 nafar bolaga jinsiy zöravonlik qilgani aniqlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu holatlar ştat Boş prokurori Andrea Joy Kempbell boşçiligida ötkazilgan tergov doirasida aniqlangan. Tekşiruv Foll-River, Springfild va Vuster yeparxiyalarini qamrab olgan.
Hisobotda qayd etilgan zöravonlik holatlarining aksariyati 2002 yilgaça sodir bölgan. Aynan şu yili “Boston Globe” gazetasi katolik ruhoniylari tomonidan bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik holatlari yaşirilgani haqida suriştiruv elon qilgan.
Kempbellning aytişiça, uçta yeparxiya rahbariyati ruhoniylar tomonidan bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etilayotganidan yillar davomida xabardor bölgan. Uning sözlariga köra, ayrim hollarda çerkov obrösini himoya qiliş bolalar xavfsizligidan ustun qöyilgan.
Tergov 2019 yilda boşlangan. Öşa paytdagi Boş prokuror, hozirgi Massaçusets gubernatori Maura Xili uçta yeparxiyadagi ruhoniylar faoliyati va rahbariyatning ularni nazorat qilişi böyiça jinoiy tergov boşlagan.
Kempbellning malum qilişiça, tergov davomida uning idorasi işlarni mahalliy prokurorlarga uç marta yuborgan. Ulardan biri Vuster yeparxiyasidagi holat böyiça ayblov elon qilinişiga olib kelgan.
Boş prokuratura ayrim holatlar sodir etilgan vaqtda qonun bilan jinoyat hisoblanmagani yoki davo muddati ötib ketgani sababli boşqa işlar böyiça jinoiy taqib boşlamagan.
Kempbell yeparxiyalarda tegişli islohotlarni amalga oşiriş hamda bolalikdagi jinsiy zöravonlik qurbonlari uçun fuqarolik davolariga nisbatan davo muddatini bekor qilişni nazarda tutuvçi yangi qonunlar qabul qilişga çaqirgan.
Fall River yepiskopi Edgar da Cunha zöravonlikdan jabrlanganlardan uzr söragan. Springfild yepiskopi Villiam Birne esa hisobotni “kamtarlikka undovçi” deb atab, yeparxiyada yangi siyosat va tartib-taomillar joriy etilganini bildirgan.
Vorcester yeparxiyasi esa hisobotni örganib, jabrlanganlarga yordam körsatiş va bolalar xavfsizligini taminlaş böyiça qöşimça çoralarni belgilaşini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 4 yilda 14 yoşga tölmagan bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.