Noyob hodisa: dunyodagi eng quruq çöllardan biri gullarga burkandi
Çilidagi Atakama çölining katta qismi kuçli yomğirdan keyin rang-barang gullarga burkandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, dunyodagi eng quruq qutbsiz çöl hisoblangan Atakamada joriy yil boşida El-Nino ob-havo hodisasi tasirida kuçli yoğingarçilik kuzatilgan. Natijada millionlab uruğlar va piyozçalar unib, gullagan. Ularning ayrimlari önlab yillar davomida tuproq ostida faol bölmagan.
Çilining Milliy örmon xöjaligi korporatsiyasi (CONAF) malumotiga köra, hududda 200 dan ortiq ösimlik turi gullagan. Qizil va sariq nanyuka, binafşa rangli gullar, oq suspiro, töq sariq tersopelo hamda Atakamaning ramziy ösimliklaridan biri hisoblangan garra de leon çöl manzarasini özgartirgan.
Mutaxassislarning qayd etişiça, iyul va avgust oylarida Çilining ayrim hududlarida yoğingarçilik miqdori rekord darajaga yetgan. Bazi joylarda 160–190 millimetrgaça yomğir yoqqan. Bu körsatkiçlar kuzatuvlar boşlangan 1950-yillardan beri qayd etilgan eng yuqori natijalardan biri bölgan.
Kuçli yomğirlar natijasida bu yil gullagan çöl hududi taxminan 17 ming kvadrat kilometrni taşkil etgan. CONAF prognozlariga köra, bu 1997 yildan beri eng keng va jadal gullaş mavsumi bölişi mumkin.
Mutaxassislar ayrim uruğlar, piyozçalar va boşqa biologik materiallar önlab yillar davomida faol bölmagan holatda saqlanib, yetarli namlik paydo bölganda yana unişini aytgan.
Tabiatdagi uşbu noyob hodisa sayyohlarning ham etiborini tortgan. Çili Milliy turizm kotibiyati malumotlariga köra, gullagan çölni tomoşa qiliş uçun hududga noyabrgaça qariyb 300 mingta sayyohlik taşrifi amalga oşirilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çili şimolidagi odatda nihoyat quruq iqlimi bilan tanilgan Atakama çölida joriy yilning avgust oyida ketma-ket kelgan qişki böronlar sabab keng hudud qor bilan qoplangani haqida xabar berilgan edi.