Yaponiyada doimiy yaşaş ruxsatnomasi tölovi 20 barobarga oşdi
Yaponiyada çet elliklar uçun doimiy yaşaş ruxsatnomasini oliş tölovi 20 barobarga oşirilib, 200 ming iyenaga yetkazildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi tartib keça, 1 oktyabrdan kuçga kirgan. Narx oşişidan oldin hujjat topşirişga ulguriş uçun Tokio immigratsiya idorasi oldida uzun navbatlar yuzaga kelgan. Ayrim fuqarolar 7 soatdan ortiq kutgan.
Doimiy yaşaş ruxsatnomasiga davogarlar endilikda nafaqat yuqori tölovni amalga oşirişi, balki barqaror daromadga ega bölişi, pensiya badallarini tölaşi va yapon tilini bilişi böyiça yangi talablarga ham javob berişi kerak.
1 oktyabrdan çet elliklarning yaşaş maqomini özgartiriş yoki muddatini uzaytiriş uçun tölov ham oşirildi. U qoliş muddatiga qarab 10 ming iyenadan 75 ming iyenagaça etib belgilangan. Moliyaviy qiyinçilikka duç kelganlar hamda qoçqin maqomiga ega şaxslarga çegirmalar berilişi közda tutilgan.
Şuningdek, doimiy yaşaş ruxsatnomasini olişni istaganlar Yaponiyadagi örtaça körsatkiçdan kam bölmagan barqaror daromadga ega bölişi kerak. 2024 yilda mamlakatda uy xöjaliklarining örtaça yillik daromadi 5,75 mln iyenani taşkil etgan.
Kelasi yil aprelidan esa talablar yanada kuçaytiriladi. Jumladan, doimiy yaşaşga davogarlar yapon tilini boşlanğiç darajada bilişini tasdiqlaşi kerak böladi. Şu sababli, yapon tili maktablariga hamda til biliş böyiça imtihonlarga talab oşgani aytilmoqda.
Malumotlarga köra, Yaponiyada xorijliklar soni 2025 yil oxirida 4,12 mln nafardan oşgan. Bu bir yil avvalgi körsatkiçga nisbatan 9,5 foiz köp.
Eslatib ötamiz, Yaponiya joriy yil 1 iyuldan boşlab xorij fuqarolari uçun viza rasmiylaştiriş narxini beş barobarga oşirgani haqida xabar berilgan edi.