Yaponiya viza narxini beş barobarga oşiradi
Yaponiya joriy yil 1 iyuldan boşlab xorij fuqarolari uçun viza rasmiylaştiriş narxini beş barobarga oşirmoqda. Bu viza tariflarining sönggi 48 yil içidagi ilk bor qayta körib çiqilişi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu qaror keça, 19 iyun kuni bölib ötgan hukumat yiğilişida maqullangan. Rasmiylar tölovlarning oşişini mamlakatdagi xorijliklar soni ortib borayotgani fonida köpayib borayotgan mamuriy xarajatlarni qoplaş zarurati bilan izohlamoqda.
Yangi tariflarga köra, bir martalik viza narxi 3 ming iyenadan 15 ming iyenagaça (taxminan 93 dollar), köp martalik viza esa 6 ming iyenadan 30 ming iyenagaça (taxminan 196 dollar) kötariladi. Yangi stavkalar 1 iyuldan boşlab topşiriladigan arizalarga nisbatan qöllaniladi.
Yaponiya Taşqi işlar vaziri Tosimitsu Motegining aytişiça, amaldagi tölovlar 1978 yildan beri özgarmagan va rasmiylar ötgan ön yilliklar davomida töplanib qolgan inflyatsiya hamda valyuta kursining özgarişini hisobga olgan holda ularni qayta körib çiqişga qaror qilgan. Uning sözlariga köra, vazirlik bu qarorning turizmga keskin tasir qilişini kutmayapti, çunki qaror turli omillar sinçkovlik bilan tahlil etilganidan söng qabul qilingan.
Viza tölovlarining oşirilişi ötgan oyda qabul qilingan yangi qonun şarofati bilan amalga oşirilmoqda. Uşbu qonun hukumatga viza va rezidentlik tölovlarini amaldagi darajaga nisbatan 30 barobargaça oşiriş imkonini beradi. Ilgari rezidentlik maqomini özgartiriş yoki yaşaş muddatini uzaytiriş uçun tölovning yuqori çegarasi 10 ming iyenani taşkil etardi, doimiy yaşaş joyi uçun ariza beriş ham xuddi şunça turardi – yangi qonun uşbu limitlarni tegişliça 100 ming va 300 ming iyenagaça kötardi. Uşbu limitlar doirasida rasmiylar rezidentlik maqomini özgartiriş va yaşaş muddatini uzaytiriş tölovini hozirgi 5,5–6 ming iyenadan 10–70 ming iyenagaça, doimiy yaşaş uçun ariza beriş tölovini esa 10 ming iyenadan 200 ming iyenagaça oşirişni taklif qilib bölgan. Uşbu qöşimça özgarişlarni keyingi moliyaviy yilning oxirigaça, yani 2027 yilning 31 martiga qadar joriy etiş rejalaştirilgan.
Rasmiylarning malumotlariga köra, qöşimça daromadlar soni tobora ortib borayotgan xorijlik rezidentlarga – 2025 yilning oxirida ularning soni rekord darajadagi 4,13 million kişiga yetgan – xizmat körsatişga, şuningdek, yapon tilini örganiş dasturlariga va mamlakatda noqonuniy qolişga qarşi kuraşişga yönaltiriladi. Tokiodagilar viza va rezidentlik tölovlari Ğarb davlatlari darajasiga yaqinlaşişi kerakligini körsatib ötmoqda, masalan AQŞ va Germaniyada viza muddatini uzaytiriş tölovlari Yaponiyadagidan sezilarli darajada yuqori.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti biznes va sayyohlik vizasi olişni istovçilar uçun yangi pullik xizmatni işga tuşirayotgani haqida xabar berilgan edi. Unga köra, arizaçilar qöşimça 750 dollar tölaş evaziga viza suhbatiga ança tezroq yoziliş imkoniyatiga ega böladi.