USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiyada öquvçilar isyoni: 2 mingga yaqin odam uşlandi, maktablar yopildi (foto)

100 марта
Францияда ўқувчилар исёни: 2 мингга яқин одам ушланди, мактаблар ёпилди (фото)

Frantsiyada maktablardagi şaroit va talim uçun ajratilayotgan mablağlardan norozi öquvçilarning namoyişlari kuçayib, politsiya bilan töqnaşuvlar yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, bugun, 2 oktyabr kuni mamlakatning bir qator şaharlarida namoyişlar davom etgan. Strasburgda politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan, Marselda namoyişçilar politsiya saflariga pirotexnika vositalarini otgan, Renn şahrida esa çiqindi qutilariga öt qöyilgan.

Namoyişlar dastlab Parij hududida boşlangan bölsa, keyinçalik mamlakat böylab tarqalgan. Adliya vaziri Jerald Darmanenning malum qilişiça, noroziliklar boşlanganidan beri 2 mingga yaqin kişi hibsga olingan. Ularning aksariyati ösmirlar bölgan. Şuningdek, tartibsizliklar sabab 400 ga yaqin maktab 2 oktyabr kuni faoliyatini töxtatgan. Bu mamlakatdagi örta maktablarning qariyb öndan bir qismini taşkil etadi.

Öquvçilar sinflarning haddan taşqari gavjumligi, öqituvçilar yetişmasligi va maktab binolarining tamirtalab holatidan norozilik bildirmoqda. Ular talim tizimiga köproq mablağ ajratilişi, öqituvçilar, jumladan, örinbosar pedagoglar sonini köpaytiriş hamda öqiş şaroitlarini yaxşilaşni talab qilmoqda.

Frantsiya hukumati tomonidan taqdim etilgan 2027 yilgi byudjet loyihasida talim sohasi uçun xarajatlarni 1,7 foizga oşiriş közda tutilgan. Biroq bu körsatkiç inflyatsiya darajasidan past.

Namoyişlar vaqtida politsiya tomonidan kuç işlatilgani yuzasidan ham etirozlar bildirilgan. Öquvçilar va huquq faollari voyaga yetmaganlarga nisbatan tayoq, közdan yoş oqizuvçi gaz va boşqa maxsus vositalar qöllanganini tanqid qilgan. Frantsiya Içki işlar vazirligi politsiyaning namoyişçilar bilan muomalasi böyiça uçta tergov boşlanganini malum qilgan.

Adliya vaziri ota-onalar farzandlari tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplaşga majbur qilinişi kerakligini aytgan. Talim vaziri Eduard Jefre esa ota-onalarni farzandlarini köçalardagi namoyişlarda qatnaşişdan qaytarişga çaqirgan.

Namoyişlar qöşni Belgiyaga ham tarqaliş alomatlarini körsatgan. Lej şahrida ayrim maktab öquvçilari 1 oktyabr kuni norozilik namoyişlarini boşlagan, 2 oktyabr kuni esa şahardagi maktablar yopilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada öquvçilar namoyişlari vaqtida kamida ikki maktabda yonğin çiqqani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: