USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Latviyada rus tili keskin taqiqqa uçradi

71 марта
Латвияда рус тили кескин тақиққа учради

Latviya Seymi (parlament) jamoat teleradiokompaniyasi (LSM)ga rus tilida kontent yaratişni taqiqladi. Bu haqda LSM’ga tayanib, “The Insider” xabar qildi.

Qayd etilişiça, qonun loyihasini 55 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, 24 nafari esa qarşi ovoz bergan. Yangi tartibga köra, LSM rus tilida faqat favqulodda vaziyatlarda, dezinformatsiyani maqsadli ravişda rad etiş yoki alohida holat elon qilinganida axborot tarqatişi mumkin.

LSM malumotiga köra, favqulodda vaziyat deganda hukumat davlat va munitsipal taşkilotlar, jismoniy hamda yuridik şaxslarning huquq va erkinliklarini çeklaşi yoki ularga qöşimça majburiyatlar yuklaşi mumkin bölgan maxsus huquqiy tartib tuşuniladi. Bunday holat uruş, tabiiy ofat yoki uning xavfi yuzaga kelganda elon qilinadi.

Alohida holat esa mamlakatga taşqi duşman tahdid solganda yoki demokratik davlat tuzumiga xavf tuğdiradigan içki tartibsizliklar boşlanganida joriy etilişi mumkin.

Şuningdek, rus tilidan dezinformatsiyani rad etişda foydalanişga ruxsat beriladi. Buning uçun tarqatilgan kontent çalğituvçi, yolğon yoki demokratiya hamda Latviya davlatiga tahdid soluvçi bölişi kerak. Bunday vaziyatda jamoat OAVi davlat xavfsizligiga tahdidning kölami va xususiyatini hisobga olişi lozim.

Avvalroq  Latviya jamoat OAVlari milliy ozçiliklar tillarida kontent yaratişi kerak edi. Biroq joriy yilning 30 mart kuni Latviya Konstitutsiyaviy sudi rus tili mahalliy OAVda yetarli darajada mavjud ekanini va davlat bu borada alohida “ğamxörlik” qilişga majbur emasligini bildirgan.

Qonunni qöllab-quvvatlagan deputatlar mazkur özgariş latiş tilining media makonidagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilganini aytgan. Seymdagi “Yaşillar va dehqonlar ittifoqi” fraktsiyasi rahbari Xariys Rokpelnisning fikriça, til mintaqadagi tasirni kuçaytiriş vositasi bölişi mumkin.

“Rossiya tarixan rus tilidan mintaqadagi tasirini mustahkamlaş uçun foydalangan. Endi Latviya latiş tilini mustahkamlaş vaqti kelganini anglamoqda”, degan u.

Muxolifatdagi “Barqarorlik!” fraktsiyasi deputati Svetlana Çulkova esa bunday çeklovlar rus tilida sözlaşuvçi aholining boşqa axborot manbalariga ötişiga olib kelişi mumkinligini bildirgan.

Uning aytişiça, rus tilidagi kontentni çeklaş natijasida odamlar boşqa platformalar, jumladan, Latviyada taqiqlangan Rossiya telekanallari va YouTube’dagi manbalarga murojaat qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev rus tilini siyosiylaştirmaslikka çaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: