USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jambilda poyezd 70 boş qöyni bosib ketdi

182 марта
Жамбилда поезд 70 бош қўйни босиб кетди

Qozoğistonning Jambil viloyatida qöylar tödasi temir yöl iziga çiqib qoldi. Oqibatda yuk poyezdi 70 boş çorvani urib yubordi, ularning egasi esa javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

“Uşbu holat böyiça çorva egasi – Taraz şahrida yaşovçi 66 yoşli fuqaroga nisbatan temir yölning ajratilgan qismida çorva mollarini boqiş qoidalarini buzganligi uçun mamuriy bayonnoma tuzildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, joriy yil boşidan buyon Transport politsiya departamenti tomonidan poyezdlarning 1 166 ta favqulodda töxtaş holati röyxatga olingan bölib, ularning 881 tasi uy hayvonlarining temir yöl iziga çiqib ketişi bilan boğliq.

“Transport politsiyaçilari uy hayvonlari egalarini temir yöl yaqinida çorva mollarining nazoratsiz boqilişiga yöl qöymaslikka va belgilangan qoidalarga qatiy rioya qilişga çaqiradi.

Yodda tuting: hayvonlar xavfsizligi uçun javobgarlik avvalo ularning egalari zimmasidadir. Çorvaning temir yölga nazoratsiz çiqib ketişi avariyaviy holatga, moddiy zararga olib kelişi hamda insonlar hayoti va salomatligiga tahdid solişi mumkin”, deyiladi idora bayonotida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida Spark rusumli avtomobil 22 boş qöyni urib yuborib, özi esa yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: