Temir yöldagi avariya sabab olti kişi halok böldi

Namanganda temir yöldagi avariya sabab olti kişi halok böldi
Namanganda temir yöl kesişmasidagi YTH sabab olti kişi halok böldi.
2025 yil 13 sentyabr kuni Çortoq va Uyçi bekatlari örtasidagi qöriqlanmagan temir yöl kesişmasida YTH sodir böldi. Bu haqda "Özbekiston temir yöllari" xabar qilgan.
Gentra avtomobili haydovçisi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan holda, yaqinlaşib kelayotgan poyezd oldidan temir yölni kesib ötişga uringan. Malumotlarga köra, maşinada olti kişi bölgan: beş ayol va kiçik bola. Kuçli töqnaşuv natijasida maşinada heç kim omon qolmagan.
Poyezd maşinistlari şoşilinç tormozni qöllaşdi, ammo fojianing oldini olişning iloji bölmadi. Poyezdga ozgina zarar yetgan.
Uşbu hodisa haydovçilarning asosiy xavfsizlik standartlariga rioya qilmasligi masalasini yana bir bor kötaradi, deyiladi temir yöl rasmiylari xabarda.