Bozorda 12 yoşli qiz boşiga temir tirgak tuşib ketişi oqibatida halok böldi
30-08-2025, 13:49
2 654 марта

Bozorda 12 yoşli qiz boşiga temir tirgak tuşib ketişi oqibatida halok böldi
Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida joylaşgan bozorda maktab öquvçisining boşiga temir tirgak tuşib ketdi. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.Boş prokuratura axborot xizmatining aniqlik kiritişiça, voqea 26-avgust kuni sodir bölgan.
Qarşi şahar IIO FMB navbatçilik qismining 2025-yil 26-avgust kuni soat 15:30 da bergan xabariga köra “Oqtepa” MFY hududida joylaşgan “Sanoat Maxkom” MÇJga qaraşli qurilişi tugallanmagan köp qavatli turar joy majmuasida mehnatni muhofaza qiliş qoidalariga rioya qilinmasligi oqibatida 10-qavatdan bir dona temir tirgak tuşib ketgan. Temir “Orzu” bozori hududida bölgan 12 yoşli qizning boşiga tuşgan. Natijada fuqaro M.U. hodisa joyida vafot etgan, deyiladi Boş prokuratura axborot xizmati bergan malumotda.
Mazkur holat yuzasidan qizning ölimi sababini aniqlaş uçun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki malumotnomasida M.U.ning ölimiga boş miya pardasi va miya qorinçalariga qon quyilişi, boşning tepa va peşona suyaklari parçalanib sinib, asos suyagiga ötişi, çap ömrov örta uçligidan sinib siljişi hamda öpkalarga qon quyilişi kabi jarohatlari sabab bölgan.