Denovda poyezd Gentra’ni urib ketdi. Qurbonlar bor
Joriy yilning 29 avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanining Ozod mahallasidan ötgan qöriqlanmaydigan temir yöl kesişmasida Gentra avtomobili tranzit poyezdi bilan töqnaşdi. Oqibatda avtomaşina içidagi ikki ayol halok böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 17:13 larda Denov tumani Ozod mahallasi hududidan ötgan qöriqlanmaydigan temir yöl kesişmasida Duşanbe-Volgograd yönalişidagi tranzit poyezdi harakatlanib kelayotgan bölgan. Şu vaqtda Gentra haydovçisi temir yöl kesişmasidan ötişga uringan va poyezd avtomaşinani urib yuborgan.
Guvohlarning sözlariga köra, voqeaga haydovçining şoşma-şoşarligi sabab bölgan. Ularning aytişiça, haydovçi temir yöl kesişmasida bir neça bor töxtagan, biroq keyin harakatlanib, poyezd yöliga çiqib ketgan.
Töqnaşuv oqibatida avtomaşina içidagi ikki ayol voqea joyida halok bölgan. Gentra haydovçisi hamda 2024 yilda tuğilgan qizaloq jarohatlangan. Ular zudlik bilan Denov tumani şoşilinç tibbiy yordam bölimiga olib ketilib, birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda.
Marhumlarning biri 1979 yilda Şörçi tumanida, ikkinçisi esa 1996 yilda Denov tumanida tuğilgan fuqaro bölgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda. Mahalliy aholi esa uşbu temir yöl kesişmasiga maxsus tösiq – şlagbaum örnatiş zarurligini aytmoqda.
Aholiga köra, avtomobil elektr ustuniga ham borib urilgan va buning oqibatida ustun bir metrga yaqin pastlagan. Ular masullardan uşbu ustunni avvalgi holatiga keltirişni, temir yöl kesişmasiga şlagbaum yoki navbatçi qöyişni söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti katta tezlikda Isuzu rusumli avtobus bilan töqnaşib ketgan edi.