Belgiyada poyezd va mikroavtobus töqnaşdi. Qurbonlar bor
26-05-2026, 23:01
82 марта

Belgiyada poyezd va mikroavtobus töqnaşdi. Qurbonlar bor
Belgiya şimolidagi Flandriya hududida joylaşgan Buggenhaut şahri yaqinidagi temir yöl kesişmasida maktab mikroavtobusi poyezd bilan töqnaşib ketişi oqibatida tört kişi, jumladan, ikki nafar bola halok böldi. Bu haqda Belgiya Transport vaziri Jan-Lyuk Kryuk malum qildi.Falokat bugun, 26 may kuni ertalab soat 08:00 da sodir bölgan. Mikroavtobus Bryusseldan taxminan 22 kilometr şimolda joylaşgan Buggenhaut tomon harakatlanayotgan poyezd bilan töqnaşgan.
Jan-Lyuk Kryukning malum qilişiça, qurbonlar orasida 12 va 15 yoşli ikki öquvçi, 27 yoşli kuzatuvçi hamda 49 yoşli haydovçi bor. Yana beş nafar bola oğir jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Dastlabki malumotlarga köra, mikroavtobus tuşirilgan tösiq va qizil ogohlantiruvçi çiroqlarga qaramasdan temir yöldan ötişga uringan. Poyezd haydovçisi favqulodda tormozni işga tuşirgan, ammo töqnaşuvning oldini olişga ulgurmagan. Zarba kuçli bölgani sababli mikroavtobus yöl çetidagi uy hovlisigaça otilib ketgan. Voqea joyidan olingan kadrlarda ağdarilgan oq mikroavtobus, tez yordam maşinalari va qutqaruv vertolyoti köringan.
Poyezdda taxminan 100 yölovçi bölgan, ularning heç biri jabrlanmagan. Faqat bir yölovçi kuçli ruhiy şok holatiga tuşgan. Barça yölovçilar keyinçalik mahalliy yonğin xizmati binosiga evakuatsiya qilingan.