Maçu-Pikçuga ketayotgan ikkita poyezd töqnaşdi. Qurbon bor
31-12-2025, 15:55
91 марта

Maçu-Pikçuga ketayotgan ikkita poyezd töqnaşdi. Qurbon bor
Keça, 30 dekabr kuni Peruda sayyohlarni qadimgi inklar şahri Maçu-Pikçuga olib ketayotgan ikki poyezdning qarama-qarşi yönalişda töqnaşuvi oqibatida 1 kişi halok böldi va 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.Telekanal malumotlariga köra, Peruda maşhur Maçu-Pikçu arxeologik majmuasiga sayyohlar bilan yöl olgan ikki poyezd töqnaşgan. Hodisa oqibatida kamida bir kişi halok bölgan, taxminan 30 nafar yölovçi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Aniqlanişiça, halok bölgan şaxs temiryöl xodimi bölgan. Hozirda Maçu-Pikçuni yaqin atrofdagi Kusko şahri bilan boğlovçi temiryöl liniyasida harakat töxtatilgan.
“Temiryölni boşqaruvçi kompaniya malumotiga köra, Maçu-Pikçudan çiqib ketayotgan poyezd u tomonga ketayotgan boşqa poyezd bilan töqnaşgan”, deyiladi xabarda.