USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Çora köramiz”. Janubiy Koreya Ukrainaga tahdid qildi

196 марта
“Чора кўрамиз”. Жанубий Корея Украинага таҳдид қилди

Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon şimoliy koreyalik harbiy asirlar bilan boğliq janjal sababli Ukrainaga qarata bayonot berdi. Siyosatçi tegişli murojaatni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida elon qildi.

“Şimoliy koreyalik harbiy asirlarni repatriatsiya qiliş (vatanga qaytariş) masalasi böyiça Ukraina tomoni malumotlarni oşkor qilmaslikni söradi va biz uni sir saqlaşga kelişib oldik. Biroq Ukraina bir tomonlama tartibda bu malumotni oşkor qildi”, deyiladi uning xabarida.

Şuningdek, siyosatçini Ukraina tomonining keyingi xatti-harakatlari ğazablantirgan.

“Koreya Respublikasi Prezidenti yuqori darajadagi xuşmuomalalik körsatib, bu borada afsusda ekanini bildirganida, Ukraina tomoni heç qanday kelişuv bölmaganini davo qilib, amalda boşqa davlat rahbarini yolğonçiga çiqardi.

Biz kelişuv faktini tan olişni va oşkora keçirim söraşni talab qilganimizda, Ukraina, aksinça, Şimol va Janub örtasida yaqin orada harbiy töqnaşuv sodir bölişi haqida gapira boşladi. Koreya yarimorolida uruş boşlanişiga turtki berişga urinayotgan Ukrainaning xatti-harakatlari yuzasidan çuqur afsusda ekanimizni bildiramiz”, deb yozdi u.

Li Çje Myon ogohlantiriş bilan çiqdi.

“Agar Ukraina kelişuv faktini tan olişdan va oşkora keçirim söraşdan boş tortişda davom etsa, biz qöşimça çora köramiz. Bu Koreya Respublikasi fuqarolari va davlatining şani hamda obrö-etibori masalasidir, biz buni etiborsiz qoldira olmaymiz”, deydi u.

Bayonoti yakunida u Ukraina Taşqi işlar vazirligining javobini keltirgan.

“Janubiy Koreya biz uçun muhim… Biz uşbu diplomatik tuşunmovçilikni hal qilişni çin dildan xohlaymiz”, deya Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiganing bayonotidan iqtibos keltirgan u.

Eslatib ötamiz, Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon BMT Boş assambleyasi çoğida Nyu-Yorkda Ukraina yaqinda ikki nafar şimoliy koreyalik askarni Janubiy Koreyaga yuborganini aytgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy şaniga tanqidiy fikrlar bildirgan edi. 2025 yilning yanvar oyida ikki nafar şimoliy koreyalik askar Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina kuçlari tomonidan asirga olingani malum bölgan edi.  

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: