USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning işonganlari Eron böyiça maxfiy yiğiliş ötkazdi – “Axios”

72 марта
Трампнинг ишонганлари Эрон бўйича махфий йиғилиш ўтказди – “Axios”

AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyatining yuqori lavozimli vakillari Kemp-Deviddagi Prezident qarorgohida Eron va Yamandagi husiylarga qarşi keyingi qadamlarni muhokama qiliş uçun maxfiy yiğiliş ötkazdi. Bu haqda uç nafar amerikalik amaldorga tayanib, “Axios” xabar berdi.

Malumotlarga köra, yiğilişga AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens boşçilik qilgan. Unda Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset, Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff va Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Den Keyn iştirok etgan.

Qayd etilişiça, AQŞ yuqori martabali amaldorlarining bunday uçraşuvi oxirgi marta 2025 yil iyun oyida bölib ötgan. Öşa uçraşuvdan bir neça kun ötib Isroil Eronga hujum qilgan.

Naşrga köra, bu yiğiliş AQŞ va Eron örtasidagi keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda ötkazilgan. Tramp joriy yilning 1 oktyabr kuni Eron böyiça qaror qabul qilişi kerakligini aytib, “Eron kelişuvga imzo çekişi yoki mavjud bölişdan töxtaşi kerak”, degan. Keça, 2 oktyabr kuni undan Eronga nisbatan keyingi qadami qanday bölişi söralganida:

“Agar sizga aytsam, bu juda katta yangilik bölardi. Ammo barçasini özingiz körasiz. Hammasi juda yaxşi ketmoqda. Eronning işlari yomon”, degan AQŞ Prezidenti.

Şuningdek, Oq uy rahbaridan Saudiya Arabistonining Yamandagi husiylarga qarşi rejalaştirilayotgan harbiy amaliyotini qöllab-quvvatlaş söralmoqda. Saudiya tomoni Trampdan husiylarga qarşi havo hujumlarini maqullaşni istamoqda. Biroq amerikalik amaldorlarning aytişiça, Tramp hozirça bunga rozi bölişga moyil emas, ammo keyinçalik qarorini özgartirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron AQŞga yuborgan Fors körfazidagi sulhni qayta tiklaş böyiça sönggi taklifiga Vaşingtondan javob olganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: