AQŞ harbiylarining ölimi Eronga qimmatga tuşadi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi uruşda dam oliş kunlari amerikalik harbiylar halok bölgaç, Tehron buning uçun “bir neça barobar qimmat” tölaşini aytdi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
Malumotlarga köra, fevral oyida boşlangan uruş davomida halok bölgan AQŞ harbiylari soni dam oliş kunlari 17 nafarga yetgan. Yana bir harbiyning jasadi böyiça ekspertiza işlari davom etmoqda. Halok bölganlarning ikki nafari Eronning Iordaniyadagi AQŞ harbiylariga uyuştirgan hujumi oqibatida vafot etgani tasdiqlangan.
“Eron har safar amerikalik askarni öldirsa, buning uçun bir neça barobar qimmat tölaydi”, deb yozgan Tramp.
Uning aytişiça, bu böyiça körsatma Mudofaa vaziri Pit Xegset hamda Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi raisi Daniyel Keynga berilgan.
Pentagon malumotlariga köra, uruş boşlanganidan buyon qariyb 430 nafar AQŞ harbiysi yaralangan. Faqat joriy yilning 7 iyulidan buyon 100 nafar harbiy jarohat olgan bölib, ularning 96 foizi xizmatga qaytgan.
Oq uy Tramp Delaver ştatidagi Dover harbiy-havo bazasida halok bölgan harbiylarni tantanali kuzatiş marosimida iştirok etişini malum qilgan.
Uruş va uning moliyaviy xarajatlari bugun, 21 iyul kuni AQŞ Kongressida bölib ötadigan tinglovlarning asosiy mavzularidan biri bölişi kutilmoqda. Unda Mudofaa vaziri Pit Xegset va Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi raisi Daniyel Keyn iştirok etadi.
Malumot uçun, qisqa muddatli sulhdan söng, 7 iyuldan boşlab janglar yana avj oldi. Bu davrda AQŞ Eron hududiga zarbalar berdi, Eron esa Yaqin Şarqdagi AQŞ kuçlariga hujumlarni kuçaytirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarga rozi bölmasa, mamlakatning elektr stantsiyalari va köpriklariga zarba berişini aytgan edi.