AQŞ Eronga qarşi ketma-ket öninçi kun zarbalar berdi
AQŞ harbiylari Eron hududiga navbatdagi zarbalarni yakunlaganini malum qildi. Unda Eronning harbiy qömondonlik markazlari, raketa va dronlar uçiriş maydonçalari, dengizdagi harbiy imkoniyatlari hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari nişonga olingan. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) malum qildi.
Qömondonlikning X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotiga köra, sönggi hujumlar taxminan beş soat davom etgan. Şu bilan AQŞning Eronga qarşi zarbalari ketma-ket öninçi tun davom etgan.
Vaşington bu operatsiyalardan maqsad “Eronning Hormuz böğozi orqali harakatlanayotgan tijorat kemalariga hujum qiliş imkoniyatlarini zaiflaştiriş” ekanini bildirgan. Malumotlarga köra, dam oliş kunlari AQŞning uruşda halok bölgan harbiylari soni 17 nafarga yetgan.
Keça, 20 iyul kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp dam oliş kunlarida amerikalik harbiylar halok bölganidan keyin Erondan qasos olişga vada bergan. Sönggi bir hafta içida Tramp Eronda nişonga olinayotgan obektlar röyxatini energetika inşootlari va köpriklar hisobiga kengaytiriş bilan tahdid qilib keldi.
Malumot örnida, 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari uruş paytida aholining hayoti uçun muhim hisoblangan fuqarolik obektlariga hujum qilişni taqiqlaydi. Xalqaro huquq böyiça amerikalik ekspertlar Trampning bunday obektlarga zarba beriş haqidagi avvalgi tahdidlari xalqaro huquq nuqtai nazaridan harbiy jinoyat sifatida baholanişi mumkinligini bildirgan.
Qayd etiş joizki, uruş davomida AQŞ va Isroilning Eronga, şuningdek, Isroilning Livanga bergan hujumlari oqibatida minglab odamlar halok bölgan va millionlab kişi öz uyini tark etişga majbur böldi. Mojaro neft narxlarining oşişiga va jahon moliya bozorlarida beqarorlikka sabab böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eron bilan katta uruşga tayyorgarlik körayotgani aytilgandi.