USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mahbuslar poyezdda isyon kötardi. Xodim qurbon böldi

524 марта
Маҳбуслар поездда исён кўтарди. Ходим қурбон бўлди

Keça, 2 oktyabr kuni “Vladikavkaz – Adler” poyezdiga ulangan mahbuslar taşiladigan vagonda mahbuslar isyon kötardi. Hodisa oqibtida Jazoni ijro etiş federal xizmati (JIEFX)ning bir xodimi halok böldi, yana uç nafari jarohat oldi. Keyinroq mahbuslardan biri ham öldirilgan. Bu haqda öz manbalariga tayanib, Ren TV xabar berdi.

“112” malumotlariga köra, içida mahbuslar bölgan vagon Terek stantsiyasida poyezdga ulangan. Tarkib Beslandan ötganidan söng vagonda stop-kran tortilgan va ğalayon boşlangan. Dastlabki malumotlarga köra, mahbuslar soqçilarning qurolini egallab olişga muvaffaq bölgan. Ren TV ham öz manbasiga tayanib şunga öxşaş malumotni keltirmoqda.

“112”ning yozişiça, mahbuslar vagonga qamalib olgan va dastlab jarohatlangan JIEFX xodimlarini topşirmagan. Vagon kuç işlatar tuzilmalari tomonidan örab olingan, voqea joyiga şoşilinç xizmatlar va maxsus topşiriqli kuçlar yetib borgan. Kanal malumotlariga köra, mahbuslarning heç biri qoçib qutula olmagan.

TASSning JIEFXdagi manbasi isyon haqidagi malumotni rad etgan, biroq muassasa xodimi öldirilganini tasdiqlagan.

“Tarqalgan malumot haqiqatga töğri kelmaydi. Ğalayon bölgani yöq. Poyezd vagonida konvoyda olib borilayotganlardan biri xodimga hujum qilib, uni öldirgan”, deydi manba.

“112” va Ren TV xabar qilişiça, hodisa Kabarda-Balkariyadagi Murtazovo stantsiyasi atrofida sodir bölgan. Stantsiya Terek şahrida, Beslan va Vladikavkaz yönalişidagi temir yöl tarmoğida joylaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şri-Lanka poytaxti Kolombo yaqinidagi Negombo qamoqxonasida ikki guruh mahbus örtasida yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida kamida 25 kişi halok bölgani, 100 dan ortiq kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: