“Işimizga aralaşmang!” Aliyev Erdöğanni “savaladi”
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev taşqi siyosat haqida keskin bayonot berib, mamlakat harbiy ğalabalarga öz kuçi bilan erişganini aytdi. Şuningdek, u Turkiyadan olingan “Bayraktar” dronlariga şama qilib, çetdan qurol-yaroğni pul evaziga sotib olinganini qayd etdi va taşqi homiylik haqidagi iddaolarni rad etdi. Bu haqda u keça, 2 oktyabr kuni Bakuda bölib ötgan “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII sezdida söz oçdi. Şuningdek, uşbu bayonot BMTda Binyamin Netanyaxuning nutqi paytida Ozarbayjon vakili zalda qolgani munosabati bilan Turkiya mediasida yangragan tanqidlar fonida yangradi.
“Biz taşqi siyosatni şunday quryapmiz va bundan buyon ham şunday qurişimiz kerakki, heç kim işlarimizga aralaşmasin. Bizga heç kimning yordami ham, heç kimning homiyligi ham kerak emas. Yordamga muhtoj bölganimizda, bizga heç kim yordam bermagan. Millionlab qoçqinlarimiz bölganida heç kim bizga yordam qölini uzatmagan. Olgan hamma narsamizni pul evaziga sotib olganmiz. Jumladan, barça qurol-yaroğlarni – oxirgi öqigaça, şuningdek, dunyo narxlarida pul evaziga olganmiz.
Men buni sizga Oliy Boş Qömondon sifatida, uşbu jarayonlarning barçasiga rahbarlik qilgan inson sifatida töliq masuliyat bilan aytyapman. 2003 yildan beri Ozarbayjon qançalik qurollanganini bilasiz: biz öz işlab çiqarişimizni yölga qöydik va çet eldan qurol-yaroğ xarid qildik. Biror marta ham bizga bir manat, bir dollar çegirma qilişmadi. Bundan taşqari, bazida qurol-yaroğni bizga dunyo narxidan bir neça baravar qimmatga sotişdi. Biz bunga köz yumişga majbur edik. Şuning uçun bu juda jiddiy masala”, deydi Aliyev.
Nutqning boşqa bir etiborga molik qismida Aliyev ayrim rahbarlarni ötmişdagi yutuqlarni öz nomiga rasmiylaştirişga va “öz rolini oşirib körsatişga” urinişda ayblagan.
“Bizning afzalligimiz şundaki, bazi mamlakatlardan farqli ölaroq soxta afsonalar yaratişimiz şart emas. Bazi mamlakatlarda ayrim rahbarlar ötmişdagi yutuqlarni öz nomiga rasmiylaştirişga yoki tarixni buzib körsatib, öz rolini oşirib körsatişga harakat qilişmoqda. Bizga buning keragi yöq”, deydi Aliyev.
U aynan kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan bölsa-da, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va ekspertlar bu sözlar Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga qaratilganini yozmoqda.
Aliyevning Turkiya bilan munosabatlar kontekstidagi uşbu sözlari aniq tarixiy asosga ega. 2024 yil 28 iyulda Rajab Toyib Erdöğan Isroil şaniga bayonot bera turib:
“Qoraboğga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, ular bilan ham xuddi şunday qilişimiz mumkin”, degan edi.
Şu tariqa, Qoraboğdagi ğalaba BMT atrofidagi hozirgi munozaralardan oldin ham Turkiyaning mintaqaviy qudrati namunasi sifatida siyosiy nutqlarda qöllanilgan. 2024 yilda Erdöğan Isroilga ogohlantiriş bilan murojaat qilar ekan, Qoraboğni dalil sifatida keltirgan.
Aliyevning ilgari surgan avvalgi pozitsiyasi ham muhim. 2024 yil 19 fevralda Anqarada u Turkiya uruş davomida Ozarbayjonning yonida bölganini, Erdöğanning ilk bayonotlari esa boşqa kuçlarni aralaşişdan uşlab turganini takidlagan. Öşa nutqida Aliyev qöşma maşğulotlar va Ozarbayjonda Turkiya armiyasi modelini joriy etiş haqida ham gapirgan.
Biroq Aliyevning sözlarini körsatilgan yordamni inkor etiş emas, balki uşbu yordam siyosiy majburiyatlar uçun asos sifatida qaralaşiga etiroz sifatida talqin qiliş mumkin: ittifoqçilik munosabatlari Baku öz taşqi siyosiy qarorlarini Anqara bilan kelişişi kerakligini anglatmaydi.
Nega Ozarbayjonning BMTdagi pozitsiyasi muhokamaga sabab böldi?
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Netanyaxu BMT Boş Assambleyasida sözga çiqqanda, bir qator delegatsiyalar, jumladan, Turkiya delegatsiyasi ham zalni tark etdi. “Sözcü” naşri va boşqa turk mediasi Ozarbayjon vakili zalda qolganiga alohida etibor qaratdi.
“Musavat.com” xabar qilişiça, suratlarda aks etgan şaxs Ozarbayjonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasining birinçi kotibi Maqsad Huseynov. Vakolatxonaning rasmiy materiallarida ham Huseynov birinçi kotib sifatida körsatilgan.
Reaktsiya xarakteridan ayrim sarlavhalar dalolat beradi: media Ozarbayjonning pozitsiyasi “katta hafsalasizlik” uyğotganini yozdi. Biroq uşbu xabarlarni Turkiya hukumatining Ozarbayjonga yöllagan rasmiy etirozi deb hisoblab bölmaydi.
Muhokamaga qöşimça keskinlik bağişlagan narsa şuki, Netanyaxu öşa nutqida Erdöğanni “mustabid” deb atadi. Şunday qilib, turk auditoriyasi uçun gap ham Ğazodagi vaziyatga bölgan munosabat, ham Turkiya Prezidenti şaniga tanqid yangragan nutqda Ozarbayjon vakilining hozir bölgani haqida bormoqda.
Şuningdek, Aliyevning bayonotiga Ozarbayjonda römol öragan öquvçilarning maktabga kiritilmagani Turkiya mediasida tanqidiy yoritilgani sabab bölgan bölişi mumkin. Xususan, joriy yilning 29 sentyabr kuni “Son dakika” tarqatgan xabarga köra, Ozarbayjonda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan yangi kiyiniş qoidalari maktablarda römol taqiqi böyiça bahs-munozaralarni keltirib çiqargan. Boş vazir Ali Asadov imzosi bilan kuçga kirgan nizomdan söng römol öragan öquvçi qizlar maktabga kiritilmasdan uylariga qaytarib yuborilgan.
309-sonli qarorga muvofiq, davlat umumiy talim muassasalarida kiyiniş qoidalari nazorati kuçaytirilgan. Amaliyotning ilk kunlarida römolda darsga kirmoqçi bölgan 6-sinf öquvçilari maktab darvozasidan ortiga qaytarilgan.
Ozarbayjon OAVlari yangi qarorni “Maktablarda römol öraş taqiqlandi” sarlavhasi bilan öquvçilarga yetkazgan. Vazirlar Mahkamasi tomonidan elon qilingan rasmiy matnda bevosita “hijob” yoki “römol” sözi işlatilmagan. Qarorda öquvçilarning belgilangan maktab kiyimining yagonaligini buzadigan va “umumiy talimning dunyoviylik tamoyiliga töğri kelmaydigan boşqa kiyim elementlaridan” foydalanişiga yöl qöyilmasligi körsatilgan.
Eslatib ötamiz, Ilhom Aliyev “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII qurultoyidagi nutqida Qoraboğdagi uruş uçun barça aybni Armanistonning avvalgi rahbariyati zimmasiga yuklab bölmasligini, biroq mamlakat sobiq rahbarlarining barçasi harbiy jinoyatçilar va munosib jazolarini olişlari kerakligini ham aytgan edi.