Qodirov Rossiyadagi eng oliy harbiy unvonni oldi
Bugun, 3 oktyabr kuni Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovga armiya generali unvonini va krap beretini (maxsus bo kiyim) topşirdi. Bu haqda “Çeçnya Segodnya” xabar berdi.
Zolotovning bayon qilişiça, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qodirovning harbiy unvonini oşirgan. Unga, yani Zolotovga Putinning farmonini Qodirovga “etkaziş” va armiya generalining oltin pogonlari topşirilgan.
“Biroq bu hali hammasi emas. Uç kun oldin biz idora maxsus topşiriqli kuçlari taşkil etilganining navbatdagi yilligini nişonladik, ana şu kuçlarda krap beretini topşiriş ananasi paydo bölgan edi. Va minnatdorçilik belgisi sifatida… armiya generali Qodirovga uşbu eng muhim ramzni topşirişga qaror qilindi”, deya qöşimça qilgan Zolotov.
Malumot uçun, bungaça Qodirov general-polkovnik unvonida edi. U uşbu unvonni 2022 yilda olgan. Armiya generali unvoni de-fakto Rossiya armiyasidagi eng oliy unvon hisoblanadi: undan yuqori faqat marşal unvoni bölib, u 1997 yildan beri heç kimga berilmagan. Krap bereti esa Rosgvardiya va boşqa bazi kuç tuzilmalarining maxsus topşiriqli bölinmalarida eng oliy farqlaş belgisi hisoblanadi. Uni qölga kiritiş uçun gohida iştirokçilarning ölimi bilan yakunlanadigan bir qator sinovlardan ötiş talab etiladi. Ramzan Qodirovning uşbu sinovlarda iştirok etgani haqida malumotlar yöq. Şu bilan birga, u ilgari ham krap beretini kiyib yurgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ramzan Qodirov Çeçeniston rahbari saylovida rekord darajadagi 99,85 foiz ovoz olib, ğolib bölgani haqida xabar berilgan edi.