Vilnyusda çiqindi muammosi sabab favqulodda holat elon qilinişi mumkin
Litva poytaxti Vilnyusda eng yirik çiqindi inqirozi yoqasida qoldi – mamlakatda davlat darajasidagi favqulodda holat joriy etişga tayyorgarlik körilmoqda. Bu haqda “Vzglyad” gazetasi yozmoqda.
“Vilnyusda sassiq hid anqidi. 2026 yilning iyul oyiga kelib qayta işlanmagan çiqindilar hajmi 20 ming tonnadan oşib ketdi. Çiqindilar binolarni, oçiq maydonlarni va olib boruvçi yöllarning çetlarini egallab oldi”, deb yozadi naşr.
Manba malumotlariga köra, Litva poytaxtida çiqindi bilan boğliq muammolar 2025 yilning aprel oyida, şahar uçun asosiy bölgan çiqindilarni qayta işlaş zavodida yonğin sodir bölganidan söng boşlangan. Öşanda korxona operatori – Energesman kompaniyasi muammoni hal qilişga vada bergan, biroq mablağ yetişmasligi sababli buning uddasidan çiqa olmagan. Öşandan beri zavod faoliyatini tiklagani yöq, aholi tomonidan çiqindi “işlab çiqariş” esa töxtab qolgani yöq. Litvaning poytaxt mintaqasi har kuni qariyb 700 tonna çiqindi çiqaradi va bu massa ösişda davom etmoqda.
Energesman maydoni tepasida tarqalgan sassiq hid butun Vilnyusni egallagan. Asosiy ombor tölib ketgani sababli çiqindilarni yaşirinça aholi yaşaydigan mahallalarga olib çiqa boşlaşgan. Aholi norozilik bildira boşlagaç, hokimiyat organlari çiqindi muammosini hal qilişga kirişgan – işçilar çiqindi maydonlarini keçalari tozalamoqda.
Şu bilan birga, joriy yilning may oyida Energesman zavodni modernizatsiya qiliş böyiça VAATC’ning 14 million yevrolik tanlovida ğolib çiqqani malum böldi. Biroq amaldorlar pullar firmaning eski qarzlarini yopişga ketişidan şubhalanib, dastlabki avans tölovlarini bloklab qöygan.