Merts kutilmaganda Kiyevga bordi
Bugun, 4 oktyabr ertalab Germaniya kantsleri Fridrix Merts maxsus poyezdda Kiyevga bordi. Uşbu taşrif haqida oldindan elon qilinmagan edi. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Germaniya yetakçisini Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga kutib olgan. Merts Prezident Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama, Yevropa va xalqaro kun tartibining barça yönalişlari böyiça muzokaralar ötkazadi.
“Men bugun Kiyevga keldim, çunki yaqin haftalarda Ukrainaga bizning qöllab-quvvatlaşimiz kerak böladi. Agar Rossiya töxtatilmasa, ertami-keçmi uning harbiy maşinasi bizga qarşi qaratiladi”, deydi Merts.
Şuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “şaharlarni, turarjoylarni va issiqlik elektr stantsiyalarini bombardimon qilayotganini” aytgan.
U bilan birga Kiyevga Germaniya Iqtisodiyot va energetika vaziri Katerina Rayxe hamda önta tadbirkor, jumladan, Siemens Energy, Hensoldt, Diehl Defence va Quantum Systems mudofaa kompaniyalari rahbarlari borgan. Rejaga köra, Germaniya birinçi navbatda Ukrainaga reaktiv dronlardan himoyalanişga yordam beradi. “dpa”ning hukumatdagi manbalariga köra, Merts tez orada “minglab” tutuvçi dronlar yetkazib berilişini elon qiladi.
Şu bilan birga, Ukraina 1000 kmdan ortiq masofadagi Rossiya frontorti taminot tizimlariga zarba berişi mumkin bölgan uzoq masofali qurollar işlab çiqarişni köpaytirişi rejalaştirilgan. Buning uçun ajratib bölingan byudjet mablağlaridan 1 milliard yevro yönaltirilişi közda tutilgan. Yana 350 million yevro vayron qilingan elektr stantsiyalarini qayta tiklaşga möljallangan. Mertsning fikriça, Rossiya faqat “kuç tili”ni tuşunadi, şu sababli u Zelenskiyga Ukraina Germaniyaning yordamiga bundan buyon ham umid qilişi mumkinligini şaxsan aytişga qaror qilgan.
Malumot uçun, Merts uçun bu kantsler sifatida Kiyevga uçinçi taşrif. U ilk bor Ukraina poytaxtiga 2025 yilda qasamyod qabul qilganidan bor-yöği tört kun ötib borgan edi. Ikkinçi taşrif 2025 yilning oktyabr oyida bölib ötgan. Ikkala safarda ham Merts Ukrainaga Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniyaning öşandagi boş vaziri Kir Starmer va Polşa hukumati rahbari Donald Tusk bilan birga taşrif buyurgan edi.
Qayd etiş joiz, uşbu taşrif Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy diplomatlar va fuqarolarni yangi ommaviy zarbalar qurboni bölmaslik uçun Kiyevni tark etişga çaqirgan kunning ertasiga amalga oşirildi. Sönggi haftalarda Ukraina poytaxti deyarli töxtovsiz hujumlarga uçramoqda. Bugun, 4 oktyabr kuni Rossiya harbiylari Şimoliy köprikka zarba berişda davom etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy “Reuters”ga bergan intervyusida Ukraina armiyasi Rossiya armiyasining yangi taktikasiga javoban Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga beriladigan zarbalarni kuçaytirişi haqida xabar berilgan edi.