Vabodan ölgani aytilgan ayolning rasmiy taşxisi elon qilindi
Rospotrebnadzor Irkutsk viloyatidagi vaboga qarşi institutning halok bölgan xodimasi taşxisi böyiça bayonot berdi. Idora malumotlariga köra, u pnevmoniyadan vafot etgan.
TASSning Rospotrebnadzorga tayanib xabar berişiça, Sibir va Uzoq Şarq Irkutsk ölatga qarşi institutining halok bölgan xodimasida kelib çiqişi nomalum pnevmoniya aniqlangan.
Idoraning aniqlik kiritişiça, kengaytirilgan tadqiqotlar natijalariga köra, bemordan olingan namunada uning kasbiy faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar topilmagan.
RIA Novosti xabariga köra, Rospotrebnadzor, şuningdek, Irkutsk ölatga qarşi instituti xodimasi bilan muloqotda bölganlarning heç birida infektsiya bilan boğliq salomatlik özgarişlari aniqlanmaganini bildirgan.
“Muloqotda bölganlarning heç birida infektsion patologiya bilan boğliq salomatlik holatida özgarişlar aniqlanmadi”, deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, institutda patogen mikroorganizmlar bilan işlaşda heç qanday avariya holatlari qayd etilmagani malum qilingan. Tekşiruv, şuningdek, halok bölgan xodima bilan muloqotda bölgan institut xodimlarida heç qanday patologiyalarni aniqlamagan.
“COVID-19 ning ikkita va rinovirus infektsiyasining ikkita holati aniqlandi, boşqa infektsion kasalliklarning qözğatuvçilari topilmadi”, deb xabar beradi Rospotrebnadzor.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Rossiyaning Irkutsk viloyatida 27 yoşli qiz vabo yuqtirgani gumon qilinib vafot etgani haqida xabar bergan edi. Şundan söng Özbekiston çegarada nazoratni kuçaytirdi.