USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada vabo xavfi. Özbekiston xavotirda

286 марта
Россияда вабо хавфи. Ўзбекистон хавотирда

Rossiyada 27 yoşli ayol vabodan vafot etgani aytilmoqda. Uning ölimidan söng bemor yotgan Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Şelexov şifoxonasi karantinga yopildi. Marhuma bilan aloqada bölgan şaxslar esa izolyatsiya qilinib, tibbiy kuzatuvga olindi. Ölim sababi hozirça mutaxassislar tomonidan turi aniqlanayotgan infektsiya bilan boğliq. Rossiyada mutaxassislar vafot etgan bemor bilan aloqada bölgan jami 197 kişini aniqlagan. Ulardan 189 nafari profilaktik kuzatuv uçun şifoxonaga yotqizilgan, yana sakkiz nafari hozirça karantindan taşqarida qolmoqda.  Rossiyadagi vabo xavfi haqidagi taşvişli xabarlardan söng Özbekistonda ham epidemiologik tayyorgarlik kuçaytirildi

Rossiyada vabo tarqalyaptimi?

Qayd etilişiça, bemor joriy yilning 29 sentyabr kuni şifoxonaga yotqizilgan. Dastlab şifokorlar COVID-19 ning oğir keçişini gumon qilgan, biroq keyinroq vabo yuqtirilgan bölişi mumkinligi haqida malumot paydo bölgan. Buning ortidan Telegram-kanallar, xususan, ŞOT, “Baza” va “Maş” marhuma vaboga qarşi institutda işlaganini hamda Buryatiyadagi xizmat safarida yoki laboratoriyada probirkani sindirib qöyib, kasallikni yuqtirgan bölişi mumkinligini yozgan.

Irkutsk Epidemiologiya va mikrobiologiya instituti uşbu malumotni rad etgan: matbuot xizmati ayol ularda heç qaçon işlamaganini, institutning özi esa vabo qözğatuvçisini tadqiq qiliş bilan şuğullanmasligini malum qilgan. Boşqa sohaviy muassasalar va Rospotrebnadzor tomonidan marhumaning iş joyi haqida hozirça heç qanday bayonot berilgani yöq.

Mutaxassislar vafot etgan bemor bilan aloqada bölgan jami 197 kişini aniqlagan. Ulardan 189 nafari profilaktik kuzatuv uçun şifoxonaga yotqizilgan, yana sakkiz kişi hozirça karantindan taşqarida qolmoqda. Şu bilan birga, hokimiyat organlari aniqlangan muloqotda bölgan şaxslarda kasallik belgilari yöqligini va laboratoriya tadqiqotlari natijalari manfiy çiqqanini xabar qilmoqda.

Şelexov şifoxonasida bir qator bölimlarning bemorlarni qabul qilişi va çiqarişi, şuningdek, laboratoriya işi vaqtinça töxtatilgan. Rossiyada insonning vabo bilan kasallanişi böyiça oxirgi holat 2016 yilda Oltoyda qayd etilgan. Agar hozirgi gumon öz tasdiğini topsa, Irkutsk viloyati uçun bu oxirgi ön yil içidagi birinçi şunday holat böladi.

Özbekiston nimadan xavotirda?

Ijtimoiy tarmoqlarda rostdan ham holat qayd etilgani haqida malumotlar tarqalganidan söng Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Özbekistonda tegişli xizmatlarning tayyorgarligi kuçaytirilganini malum qildi.

Qayd etilişiça, hozirda Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralari hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining rasmiy manbalari orqali vaziyat muntazam ravişda kuzatib borilmoqda. Xususan, kasallik taşxisining laboratoriyada tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagani, ehtimoliy yuqiş manbai va yöllari, bemorning harakatlaniş yönalişi hamda u bilan muloqotda bölgan şaxslarga oid malumotlar örganilmoqda.

“Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi hududiga öta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça tegişli xizmatlarning tayyorgarligi kuçaytirilgan”, deyiladi qömita xabarida.

Şuningdek, qömita epidemiologik vaziyatda özgariş yuz bergan taqdirda jamoatçilikka belgilangan tartibda qöşimça axborot taqdim etilişini qayd etgan.

Özbekistonda vabo aniqlanganmi?

Ayolning vabodan vafot etgani hali tasdiqlanmagan bölsa-da, kasallikka qarşi harakatlar boşlanib ketdi. Nafaqat Rossiyada, balki Özbekistonda ham. Bu xavotirlar bejiz emas. Çunki vabo öta xavfli va yuqumli içak infektsiyalaridan biri hisoblanadi. Kasallik ingiçka içakning şikastlanişi, organizmning kuçli suvsizlanişi, zaharlaniş va umumiy holatning oğirlaşişi bilan keçadi.

Vabo qözğatuvçi mikroorganizm vabo vibrioni deb ataladi. U asosan bemorning axlati va qusişi orqali taşqi muhitga çiqadi. Vibrion tuşgan suv yoki oziq-ovqatni istemol qiliş natijasida kasallik yuqişi mumkin. Vabo vibrioni suv va nam muhitda malum vaqtgaça yaşab qolişi mumkin. Masalan, bazi suv havzalarida 15-30 kungaça, daryo suvida esa undan ham uzoqroq vaqt davomida saqlaniş ehtimoli mavjud. Biroq dezinfeksiyalovçi vositalar va qaynatiş vibrionni tezda yöq qiladi. Şu sababli, vabo gumoni paydo bölgan hollarda suv va oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş, dezinfektsiya işlarini olib boriş hamda kasallik tarqalişining oldini oliş muhim hisoblanadi.

Özbekistonda vabo kasalligi bilan oğrigan bemorlar qayd etilmagan. 2022 yilda Afğonistonda aniqlangan vabo kasalligi Özbekistonga kirib kelgani haqida xavotirli xabarlar tarqaldi. Keyinçalik bu xabarlar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov tomonidan rad etildi.  Uning aytişiça, Özbekiston hududida vabo kasalligi biror marta ham qayd etilmagan. Vabo kasalligini dunyoning barça hududlaridagi oçiq suv havzalarida uçratiş ehtimoli yöq emas. Bugungi kunga qadar dunyoda 7 marta vabo pandemiyasi qayd etilgan.

Malumot uçun, vabo dastlab 1816 yilda Hindistonda – Gang daryosi vodiysida paydo bölgan. U yerda turmuş şaroiti oğir bölgani sababli, aholining boşqa mamlakatlarga köçib ketişi natijasida kasallik dastlab Yevropaga, keyinçalik esa butun dunyoga tarqaldi.

Statistik malumotlarga köra, 2026 yilning birinçi çoragida Rossiyada rasman 834,2 ming nafar Özbekiston fuqarosi işlayotgani qayd etilgan. Biroq, norasmiy malumotlarga köra, Rossiyadagi özbekistonliklar soni 2,5-3 million atrofida bölişi mumkin. Şu bilan birga, Rossiyadan Özbekistonga sayohat qiluvçilar soni ham ortib bormoqda. Rossiyalik sayyohlar joriy yilning kuz mavsumi uçun Özbekistonga aviaçiptalarni faol band qilmoqda. Kuzgi aviaçiptalar bronlaş uluşining ösişi böyiça Özbekiston mamlakatlar orasida birinçi örinni egalladi. Bu körsatkiç 5,2 foiz bandga oşgan. Agar Rossiyada vabo tarqalişi tasdiqlansa, uşbu körsatkiçlar öta xavfli yuqumli kasallikning Özbekistonga kirib keliş ehtimoli yuqori ekanligini körsatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: