Nobel-2026: tibbiyot va fiziologiya böyiça ğoliblar elon qilindi
Bugun, 5 oktyabr kuni Nobel qömitasi tibbiyot va fiziologiya böyiça mukofot laureatlarini elon qildi. Bu haqda Nobel jamğarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Fiziologiya va tibbiyot böyiça 2026 yilgi Nobel mukofoti Karl Daysserot, Peter Xegemann va Georg Nagel “nur bilan boşqariladigan ion kanallari va optogenetikaga oid kaşfiyotlari uçun” topşiriladi.
Optogenetika – tirik miyadagi qaysi asab hujayralari muammolarni keltirib çiqarişi, his-tuyğularga tasir qilişi va bilgi-anglaş jarayonlariga etibor qaratişini örganiş imkonini beruvçi usuldir.
Piter Xegemann va Georg Nagel bir hujayrali suv ötida noyob blok – kanalorodopsinni topgan. Keyinçalik Karl Deysserot asab hujayralarini qöşimça ravişda faollaştiriş imkoniyatini yaratiş uçun uni “ulagiçlar”ning svetolokatsiyasiga ötkazgan. Ularning yangi kaşfiyoti neyronlar rivojlanişining yangi bosqiçiga poydevor bölgan.
Nobel haftaligi
Bugun, 5 oktyabr kuni 2026 yilgi Nobel mukofotlari laureatlarini elon qiliş haftaligi boşlandi. Haftalik jadvali quyidagiça:
- Fiziologiya va tibbiyot – duşanba, 5 oktyabr;
- Fizika – seşanba, 6 oktyabr;
- Kimyo – çorşanba, 7 oktyabr;
- Adabiyot – payşanba, 8 oktyabr;
- Tinçlik mukofoti – juma, 9 oktyabr;
- Iqtisodiyot fanlari – duşanba, 12 oktyabr.
Hammasi qanday boşlangan edi?
Ixtiroçi, tadbirkor va biznesmen Alfred Nobel öz vasiyatida kapitalini insoniyatga eng katta naf keltirganlar uçun mukofotlarga yönaltirişni buyurgan edi. Mukofot bilan u eng köp qiziqqan sohalar: fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va tinçlik yönalişidagi alohida yutuqlar etirof etilar edi.
Keyinçalik uşbu ğoyani amalga oşiriş böyiça uzoq muddatli işlar boşlandi va 1901 yildayoq dastlabki Nobel mukofotlari topşirildi. 1969 yilda yana bir mukofot – Şvetsiya markaziy banki tomonidan özining uç yuz yillik yubileyi munosabati bilan tasis etilgan Alfred Nobel xotirasiga bağişlangan iqtisodiyot fanlari böyiça mukofot paydo böldi. Yangi laureatlarning nomlari har yili oktyabr oyida elon qilinadi.
Nobel jamğarmasi ustaviga köra, har bir laureat oltin medal oladi. Uning oldi tomonida Alfred Nobel portreti zarb qilingan bölib, orqa tomonining dizayni mukofotni aynan qaysi muassasa topşirişiga boğliq.
Har bir diplom betakror sanat asari – uning bezatilişini laureat taşkilotlar tasdiqlaydi. Adabiyot sohasidagi hujjat pergamentda (maxsus işlov berilgan çarmda) örta asr illyustratorlari texnikasidan foydalangan holda yaratiladi. Boşqa laureatlar uçun diplomlar buyurtma asosida tayyorlangan qöl işi qoğozida çop etiladi.
Bugungi kunda bitta Nobel mukofotining miqdori 12 million şved kronasiga (1,2 mln dollar) teng. Mukofot köpi bilan uçta laureat örtasida bölinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, ötgan yili fiziologiya va tibbiyot böyiça Nobel mukofotini olimlar Meri Brunkov, Fred Ramsdell va Şimon Sakakuçi periferik immun tolerantligi sohasidagi kaşfiyotlari uçun olgan edi. Laureatlar immunitet tizimining öz organizmiga hujumlarini töxtatuvçi himoya elementlari – regulyator T-hujayralarni aniqlagan edi.