USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kaspiygadagi fojiada omon qolganlar uyiga qaytdi

116 марта
Каспийгадаги фожиада омон қолганлар уйига қайтди

Qozoğistonning Manğistau viloyatida öquv-maşğulotlari vaqtida Kaspiy dengiziga oqib ketgan 17 nafar harbiydan omon qolişga muvaffaq bölgan uç nafari muddatli harbiy xizmatni yakunlab, uyiga qaytdi. Bu haqda “Lada.kz” xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, 19 yoşli Aqjol Temurxon şifoxonadan çiqarilganidan söng ota-onasi bağriga qaytgan. U Manğistau viloyatidan halokatli maşğulotlarda omon qolgan harbiy hisoblanadi. Bloger Azamat Sarsenbayev Aqjol va uning ota-onasi bilan uçraşgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qilgan.

Uning yozişiça, Aqjol yaqin vaqt içida ota-onasi bilan birga halok bölgan safdoşlarining oilalarini borib körişni va ularga hamdardlik bildirişni rejalaştirmoqda.

Şuningdek, Atirau viloyatidan bölgan Quandiq Beket va Ğarbiy Qozoğiston viloyatidan Nikita Udalov ham muddatli harbiy xizmatni yakunlab, uyiga qaytgan. Ularning yaqinlari bilan uçraşuvlari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Manğistaudagi fojia

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.

Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.

Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Bundan taşqari hodisa ortidan mamlakat Mudofaa vazirligining 5 nafar mansabdor şaxsi qölga olingan.

Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi. 

Malumotlarga köra, halok bölgan harbiylar röyxatida 2006 yilda Qoraqalpoğistonda tuğilgan Olmos Yusuf öğli Kobenov ham bor. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: