USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kaspiydagi fojia: halok bölganlar orasida Qoraqalpoğistonda tuğilgan bola bölgan

267 марта
Каспийдаги фожиа: ҳалок бўлганлар орасида Қорақалпоғистонда туғилган бола бўлган

Qozoğistonning Manğistau viloyatida Kaspiy dengizi sohilidagi harbiy maşğulotlar vaqtida halok bölgan 14 nafar harbiy xizmatçining orasida Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan harbiy xizmatçi ham borligi malum böldi. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qozoğiston Mudofaa vazirligi Manğistau viloyatida harbiy maşğulotlar vaqtida dengizga oqib ketib, halok bölgan harbiylarning röyxatini elon qilgan. Halok bölgan harbiylarning aksariyati 2005–2007 yillarda tuğilgan, yani ularning yoşi asosan 19–20 atrofida bölgan. Ularning köpçiligi Manğistau va Ğarbiy Qozoğiston viloyatlaridan, şuningdek, Turkiston viloyatidan bölgan. 

Malum bölişiça, halok bölgan harbiy xizmatçilardan biri – Olmos Yusuf öğli Kobenov bölgan. U 2006 yil 23 yanvarda Özbekistonda, Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan. Olmos Kobenov Manğistau viloyatining Munayli tumani, Bayandi-3 qişloğida yaşagan.

Şuningdek, 2 nafar harbiy xizmatçi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bildirilişiça, ularning ikkisi ham 2007 yilda tuğilgan. Yana bir 19 yoşli harbiy xizmatçi oğir ahvolda Manğistau viloyati şifoxonasida davolanmoqda.

Manğistaudagi fojia

Keça, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.

Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.

Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Bundan taşqari hodisa ortidan mamlakat Mudofaa vazirligining 5 nafar mansabdor şaxsi qölga olingan.

Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: