USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kaspiydagi fojia: barça jasadlar topildi

251 марта
Каспийдаги фожиа: барча жасадлар топилди

Qozoğistonning Kaspiy dengizida bedarak yöqolgan yana ikki harbiy xizmatçining jasadi topilib, halok bölganlar soni 14 kişiga yetdi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 25 sentyabr kuni soat 09:15 lar atrofida olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida avval bedarak yöqolgan ikki harbiy xizmatçi – serjant Mansur Gumarov va dengizçi Miras Turdibek öğlining jasadi topilgan.

Fojia öquv-jangovar vazifani bajariş vaqtida ob-havoning kutilmaganda keskin yomonlaşişi oqibatida yuz bergan. 17 nafar harbiy xizmatçi oçiq dengizga oqib ketgan. Ulardan uç nafari qutqarilgan, 14 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan.

“Qozoğiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli kuçlari rahbariyati hamda şaxsiy tarkibi halok bölgan harbiy xizmatçilarning qarindoşlari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, halok bölgan harbiy xizmatçilarning oilalariga zarur, jumladan, moddiy va psixologik yordam körsatilişi malum qilingan.

Manğistaudagi fojia

Keça, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.

Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.

Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan.

Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: