Saudiya aeroporti yana hujumga uçradi. Qurbon bor
Saudiya Arabistonining Dammam şahridagi Podşoh Fahd xalqaro aeroportiga hujum oqibatida bir kişi halok böldi, sakkiz kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 21 oktyabr kuni keçqurun sodir bölgan. Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi malumotiga köra, hujum oqibatida aeroportga ham moddiy zarar yetgan. “Flightradar24” xalqaro parvozlarni kuzatiş xizmati ayrim samolyotlar boşqa aeroportlarga yönaltirilganini bildirgan.
Hozirça hujumni kim amalga oşirgani haqida rasmiy malumot berilmagan. Yamandagi husiylar ham hodisa yuzasidan izoh bermagan. Saudiya Arabistoni koalitsiyasi esa mamlakatning şarqiy hududida törtta dron hujumi qaytarilganini malum qilgan.
Hujum AQŞ Saudiya Arabistonidagi ayrim diplomatlari va davlat xizmatçilari oilalariga mamlakatni tark etişni buyurganidan keyin sodir bölgan. Bunga mamlakatdagi ketma-ket hujumlar va mojaro yanada kuçayişi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bölgan.
Bundan avval Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi mamlakat janubi-şarqidagi Saudi Aramco kompaniyasi işlatadigan neft konida urib tuşirilgan dron qoldiqlari ikki kişining ölimiga sabab bölganini bildirgan. Yana ikki kişi jarohatlangan. Halok bölganlar Nepal va Filippin fuqarolari, jarohatlanganlar esa Pokiston va Hindiston fuqarolari bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida husiylar tomonidan amalga oşirilgani aytilgan ikki hujum oqibatida 3 nafar fuqaro halok bölib, 36 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Jumladan, Podşoh Xolid xalqaro aeroportining 3-terminaliga ballistik raketa orqali hujum uyuştirilişi oqibatida ikki nafar Özbekiston fuqarosi yengil jarohat oldi.