USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tibetda dahşatli zilzila böldi. Önlab qurbonlar bor

89 марта
Тибетда даҳшатли зилзила бўлди. Ўнлаб қурбонлар бор

Xitoyning Tibet muxtor rayonida 7 magnitudali zilzila sodir böldi. Oqibatda 16 kişi halok bölib, 32 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, zilzila keça, 22 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:33 da yuz bergan. Bugun, 23 oktyabr kuni soat 02:25 holatiga köra, jarohatlanganlardan 11 nafarining ahvoli oğir, 21 nafari esa yengil tan jarohatlari olgan.

Xitoy davlat telekanali xabar berişiça, zilzila epitsentriga yaqin qişloqlarda ayrim uylarning devorlarida yoriqlar paydo bölgan. Mahalliy rasmiylar qişloqlardan birida kamida ikki nafar jarohatlangan kişini aniqlagan. Şuningdek, kamida 339 ta uy va 20 ta çorva mollari saqlanadigan bino qulagan. Qidiruv-qutqaruv işlari esa davom etmoqda.

Malum qilinişiça, zilzila öçoği Tibetning şimoliy qismidagi Nagçu şahri hududida, 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Epitsentr Lxasa şahridan qariyb 400 kilometr uzoqlikda bölgan. Uşbu hudud dengiz sathidan örtaça 4 864 metr balandlikda joylaşgan.

Zilziladan keyin mahalliy qutqaruv va yonğin xavfsizligi guruhlari ofat hududiga safarbar etilgan. Qutqaruv işlariga 1 600 dan ortiq kişi jalb qilingan. Hududga 1 000 ta yiğma uy, qariyb 3 000 ta çodir, yiğma karavotlar, fonarlar va qişki kiyimlar yetkazilgan. Şuningdek, atrofdagi hududlarda 3 va 4 magnitudali bir neçta kiçik yer silkinişlari qayd etilgan.

“Sinxua”ning xabar berişiça, zilzila oqibatida ayrim hududlarda aloqa uzilgan. Mahalliy temiryöl idoralari favqulodda çoralar körib, zilzila hududidan ötadigan poyezdlar harakatini töxtatgan. Bundan taşqari, toğ jinslari qulagani sababli 317-sonli milliy avtomobil yölining bir qismi yopilgan va hozirça undan faqat qutqaruv hamda favqulodda xizmatlar transporti ötmoqda. Hududda yaqin uç kun davomida qor yoğişi kutilayotgani qutqaruv işlarini murakkablaştirişi mumkin.

Malumot uçun, bu Xitoyda 2024 yil yanvaridan beri sodir bölgan eng kuçli zilzila hisoblanadi. 2010 yilda qöşni Sinxay provintsiyasining Yuyşu hududida 7,1 magnitudali zilzila yuz berib, kamida 2 698 kişi halok bölgan, qariyb 300 kişi bedarak yöqolgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Panamaning janubida 7,7 magnitudali kuçli zilzila sodir bölgan edi. Oqibatda binolar şikastlanib, ayrimlari qulagan, minglab odamlar köçalarga çiqqandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: