USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tojikiston muftiysi askarlarni bir-birini kamsitmaslikka çaqirdi

45 марта
Тожикистон муфтийси аскарларни бир-бирини камситмасликка чақирди

Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda harbiy xizmatçilarni xizmat davomida bir-birlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Ulamolar kengaşi raisi bu haqda joriy yilning 20 oktyabr kuni DXX Çegara qöşinlarining “Poytaxt” öquv markazida çegaraçilar va yangi çaqirilgan askarlar bilan uçraşuvda gapirdi.

Markaz Duşanbe şahrining Firdavsiy tumanida joylaşgan. 

“Heç kimni xafa qilmang, aksinça, bir-biringizni qöllab-quvvatlang”, deya askarlarga murojaat qilgan muftiy. 

U özaro yordamni oriyat, qadr-qimmat va musulmonça axloqning namoyon bölişi, deb atagan.

Ulamolar kengaşi xabariga köra, Abduqodirzoda mamlakat çegaralarini himoya qilişning muhimligi hamda xalq va davlat oldidagi masuliyat haqida ham gapirgan. U harbiy xizmatçilarni öz burçlarini halol bajarişga, intizomga rioya qilişga, töğrisöz bölişga, bir-birini hurmat qilişga, sabr-toqat körsatişga va Islomning axloqiy normalariga amal qilişga çaqirgan.

“Asia-plus” naşrining yozişiça, askarlarni kamsitiş, xususan, xizmat muddati köproq bölgan askarlar tomonidan yangi kelganlarni tahqirlaş va kaltaklaş (“dedovщina”) köp yillardan beri Tojikiston armiyasi va harbiy qismlaridagi muammo bölib qolmoqda. Şu bilan birga, rasmiylar bu kabi holatlar mavjudligini tan olişi hamişa ham kuzatilmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: