USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

12-qavatdan osilib qolgan 3 yaşar qizni qöşnilari qutqarib qoldi

125 марта
12-қаватдан осилиб қолган 3 яшар қизни қўшнилари қутқариб қолди

Xitoyning Futszyan viloyatida 12-qavatdagi xonadon derazasidan osilib qolgan 3 yaşar qizaloq qöşnilari va öt öçiruvçilar yordamida qutqarib qolindi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 17 oktyabr kuni ertalab soat 07:48 atrofida Çjanpin şahrida sodir bölgan. Qizaloq köp qavatli uyning 12-qavatidagi xonadon derazasidan taşqariga osilib qolgan. Uning tanasining katta qismi bino taşqarisida bölib, bola istalgan vaqtda pastga qulab tuşişi mumkin bölgan.

Qizaloqning xavf ostida qolganini körgan qöşnilar va qöriqlaş xizmati xodimlari darhol yordamga şoşilgan. Pastki qavatdagi xonadonga kirgan ikki kişi derazadan taşqariga engaşib, qizçaning tagiga kursiça tutib turgan. Ular şu tariqa bolaning qulab tuşişiga yöl qöymaslikka harakat qilgan va qutqaruvçilar kelgunça uni uşlab turişga uringan.

Voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar qulflangan xonadon eşigini oçib, içkariga kirgan. Ular qizaloqning boşi qisilib qolgan temir panjaralarni kesib, uni xavfsiz joyga olib çiqqan.

Şundan söng, bola şifoxonaga olib borilib, tibbiy körikdan ötkazilgan. U hodisa oqibatida jarohat olmagani malum qilingan.

Mahalliy OAV xabarlariga köra, hodisa vaqtida qizçaning otasi işda bölgan. Onasi esa qizi uxlayapti, deb öylab, xarid qiliş uçun uydan çiqib ketgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Polşadagi Lomja şahrida uç nafar qöşni 5-qavatdagi balkondan yiqilgan 4 yaşar qizni yopinçiq yordamida uşlab, uning hayotini saqlab qolgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: